Barçaga teng toş-u tarozi
Özbekiston öz mustaqilligini qölga kiritib, demokratik huquqiy davlatni barpo qildi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlovçi asosiy Qonunimiz - Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda jamiki dunyoviy neʼmatlar içida eng uluği inson degan fikr ilgari surilib, şu asosda fuqaro - jamiyat - davlat örtasidagi özaro munosabatning oqilona huquqiy yeçimi topildi. Konstitutsiyaning 2-bölimi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burçlariga bağişlangan. Şu bobning 18-moddasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar, deyilsa, 22-moddasida Özbekiston Respublikasi öz hududida ham, uning taşqarisida ham öz fuqarolarini huquqiy himoya qiliş va ularga homiylik körsatişni kafolatlaydi, deyiladi. Demak, asosiy Qonunimizning diqqat markazida inson va uning manfaati yotadi.
Konstitutsiyaning VII bobi şaxsiy huquq va erkinliklarga bağişlangan bölib, unda yaşaş huquqi, şaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlanib, heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, şafqatsizlik yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emasligi, turar joy daxlsizligi, respublika hududida bir joydan ikkinçi joyga köçiş huquqi, har kimning fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligi, vijdon erkinligi kafolatlangan. Konstitutsiyaning IX bobida esa fuqarolarning mulkdor bölişga haqliligi, mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, dam oliş, ijtimoiy taʼminot oliş, malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş, bilim oliş huquqiga ega ekanligi belgilab qöyilgan. Konstitutsiyaning 44-moddasida har bir şaxsga öz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qiliş, davlat organlari, mansabdor şaxslar, jamoat birlaşmalarining ğayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga şikoyat qiliş huquqi kafolatlanadi.
Biz Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklardan foydalanar ekanmiz, qonunlarga rioya etişimiz, tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosimizni avaylab-asraşimiz, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bölişimiz, qonunda belgilangan soliq va mahalliy yiğimlarni tölaşimiz, Özbekiston Respublikasini himoya qiliş kabi burçlarni bajarişimiz zarur. Şundagina biz Özbekiston Respublikasiga munosib farzandlar bölamiz. Zero,
Quyoş zarrin nurlari bilan,
Bu olamni çaroğon qilar.
Qomusim – baxt nurlari bilan,
Hayotimni gullarga örar.
Udir mening nomusim-orim,
Şon-şarafim ham buyuk qadrim.
Qomusim-la hamnafas ösdim,
Va angladim bu hayot sehrin.
Qomusim bor - uşalgay orzu,
Barçaga teng toş-u tarozi.
Hamma birday qon-qardoş, ahil,
Biz yoşlarning buyuk parvozi.
Feruza ISKANDAROVA,
QDU filologiya fakulteti 1-bosqiç talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶