Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab yuguriş böyiça musobaqalar ötkazildi
“Faol invistitsiyalar va ijtimoiy rivojlantiriş yili” davlat Dasturiga asosan uyuşmagan yoşlar va öquvçilarni madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlariga keng jalb qiliş, oilada soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, böş vqtlarini mazmunli ötkaziş, ayniqsa ayol-qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga ommaviy ravişda jalb qiliş, bu borada tarğibot va taşviqot işlarini amalga oşirişga qaratilgan keng qamrovli vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman jismoniy tarbiya va sport bölimi tomonidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan. Unga köra, turli bayram sanalari munosabati bilan sport musobaqalari, ommaviy tadbirlar va turnirlar ötkazilmoqda.
9-may – Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab “Ajdodlarni xotirlaş – muqaddas qadriyat”, “Eʼtibor va ğamxörlik – insoniy burç” şiorlari ostida bölib ötgan ommaviy sport tadbirlarida yuzlab yoşlar iştirok etişdi.
Tuman hokimligi, xotin-qizlar qömitasi, jismoniy tarbiya va sport bölimi, tibbiyot birlaşmasi, xalq taʼlimi bölimi, tuman IIB, yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi, XTB kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi ASM xodimlari kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi, isteʼmol tovarlarni işlab çiqariş savdo va xizmat körsatiş kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi, Tibbiyot xodimlari kasaba uyuşmasi tuman qömitasi, Davlat jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi hamkorligida ötkazilgan musobaqalar tumanimizning barça hududlarini qamrab oldi.
Manğit şahrining Gurlan köçasi böylab ötkazilgan marafonda jami 423 nafar turli yoşdagi iştirokçilar qatnaşdilar.
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Öğil bolalar örtasida 1-örinni 17-maktab öquvçisi Begzod Hayitboyev, 2-örinni 20-maktabdan Umar Yömitboyev, 3-örinni BÖSM treneri Pufat Bobojonov, qizlar örtasida 1-örinni 25-maktab öquvçisi Tilla Şomurodova, 2-örinni NDPI talabasi Umida Bozorboyeva, 3-örinni NDPI talabasi Zuhra Şomurodovalar egallaşdi.

Şuningdek, ayol-qizlar örtasida “Eng yoşi kiçik iştirokçi” 76-maktab öquvçisi Kamola Vaisova, “Eng yaşi katta iştirokçi” tuman madaniyat uyi xodimi Dilfuza Bobojonova va 40-maktab öqituvçisi Zuhra Hayitboyevalar bölişdi.
Erkaklar örtasida “Eng yoşi kiçik iştirokçi” 35-maktab öquvçisi Husniddin Boltaboyev, “Eng yoşi katta iştirokçi” Ğulom Otajonovlar böldilar. Ğoliblar tuman hokimligi va taşkilotçilar tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişdi.
J.Yaxşimov,
tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶