Tumanda 64 ta obʼekt hamda 69 ta fuqarolar xonadonlari texnik qoʻriqlash punkti tomonidan qoʻriqlanmoqda
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qoʻriqlash boshqarmasi 1-alohida otryadi texnik qoʻriqlash punkti tomonidan 64 ta obʼekt hamda 69 ta fuqarolar xonadonlari ishonchli qoʻriqlanib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabr kungi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi taʼminlanmoqda.
Shuningdek, tuman hududidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, xalq taʼlimi muassasalari, bozorlar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kompyuter xonalari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar boshqa obʼektlarda hamda sogʻlikni saqlash tizimlarida, koʻp qavatli uylarda, fuqarolarning xavfsizligi taʼminlanmoqda. Oʻzgalar mulkining talon-taroj qilinishiga yoʻl qoʻymaslik, barcha turdagi jinoyatlarning oldini olish va nazorat qilish maqsadida tumandagi 1-alohida otryad tomonidan obʼektlarni qoʻriqlash-yongʻindan xabar beruvchi vositalar, video-kuzatuv moslamalari bilan jihozlash yuzasidan reja-dasturlar ishlab chiqildi. Qoʻriqlanayotgan koʻplab obʼektlarda kuzatuv kameralari, zamonaviy avtomatlashtirilgan qoʻriqlash tizimlari oʻrnatildi. Otryad xodimlari oʻzlariga ishonib topshirilgan obʼektlarda xavfsizlikni taʼminlash, ularni ishonchli qoʻriqlashni amalga oshirish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdalar. Shu boisdan ham qoʻriqlash uchun ishonib topshirilayotgan obʼektlar soni tobora ortib borayapti.
Qidirniyaz QANNAZAROV, QR Qoʻriqlash boshqarmasi 1-alohida otryadi TQP boshligʻi, leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶