SAYLOVLAR DEMOKRATIK TAMOYILLAR ASOSIDA OʻTAYaPTI
Ayni kunda Amudaryo tumanidagi mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlarida yigʻin raisi (oqsoqoli) saylovlari belgilangan reja asosida va saylovlar vakillarining faol ishtirokida oʻtayapti.
14-may kuni tumandagi Farovon mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimi uchun oʻtkazilgan saylov ham saylovchilar faolligida va demokratik tamoyillar asosida oʻtdi.
Saylov jarayoni boshlanishidan oldin mahalla fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga tanlangan nomzodlar – Abdullayev Hamid Rahmatullayevich va Soatov Shuhrat Kamolovichlar saylovchilar vakillarini oʻzlarining kelgusida amalga oshiradigan ishlari – faoliyat dasturi bilan tanishtirdilar.
Saylov yakuniga koʻra saylovchilar vakillarining koʻpchilik ovozini olgan Abdullayev Hamid Rahmatullayevich Farovon mahalla fuqarolar yigʻini raisligiga saylandi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶