17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 08:15
Jamiyat 👁 515

Uchuvchisiz uchish qurilmalarini qonunga xilof ravishda olib kirganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Uchuvchisiz uchish qurilmalarini qonunga xilof ravishda olib kirganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Mamlakatimizda huquq sohasida joriy qilinayotgan islohotlar eng avvalo fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilishni koʻzlab amalga oshirilmoqda.

Yaqinda Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 6-fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan va Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 2-mayda tasdiqlangan Oʻzbekiston Pespublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual Kodekslariga hamda Oʻzbekiston Pespublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Oʻzbekiston Pespublikasi qonuniga muvofiq, tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritildi.

Oʻzbekiston Pespublikasining Jinoyat Kodeksi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanishga doir 244-4-modda bilan toʻldirildi. Ushbu yangi normaga koʻra uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, — uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa va badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Undan tashqari halokatga va boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa ham sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga doir jazo tayinlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Oʻzbekiston Pespublikasining Jinoyat Kodeksi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish boʻyicha yangi mazmundagi 2481-modda bilan ham toʻldirildi. Mazkur modda talabiga koʻra uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish, ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, boshqa maqsadlarda foydalanish uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa va badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Odam oʻlishiga sabab boʻlsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Undan tashqari odamlar oʻlimiga, halokatga va  boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga doir jazo tayinlanadi. Mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Tuman Adliya boʻlimi tomonidan yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish, samaradorligini oshirish borasida qabul qilinayotgan qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish  boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

 

A.A.Kutjanov, tuman Adliya boʻlimi  yetakchi maslahatchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019