Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda saqlab, tarqatgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi
Shu yilning 11-yanvarida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudida balogʻat yoshiga yetib, hayotda oʻzlari uchun reja-orzular tuzib, orzulari yoʻlida oʻqib-intiladigan, mehnat qiladigan yoshga yetib qolsa-da, hali biron ishning boshini tutmagan, foydali mehnat bilan shugʻullanmagan ikki yigit qarshisiga toʻplangan jinoiy ish muhokama etildi. Ular – tengdosh, Olimjon va Ozod (ismlar oʻzgartirildi)ning taqdiri ham oʻxshash, oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlsalar-da hech qayerda ishlamaydi.
Bekorchilikdan bemaʼniliklar kelib chiqadi, degan ibora ham xuddi ikkoviga qarata aytilganday. Ular qonunga xilof ravishda saqlash va tarqatish taʼqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni qoʻl telefoniga yuklab olib, mohiyatiga oʻzlari ham tushunmagan holda bir-biriga joʻnatib turishgan.
2021-yil 10-dekabr kuni tuman Ichki ishlar boʻlimi TEQKG xodimlari tomonidan huquqbuzar Olimjon bilan oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda uning qoʻl telefonida 133 ta video koʻrinishdagi, 55 ta surat koʻrinishdagi, 6 ta audio koʻrinishdagi diniy materiallar borligi aniqlandi. Bu materiallarni u Ozodning qoʻl telefoniga ham “Telegram” ilovasi orqali tashlaganligi, Ozod ham Olimjonga 4 ta audio va 1 ta video koʻrinishdagi diniy mazmundagi materiallarni joʻnatganligi aniqlandi.
Bu harakatlari bilan ular Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasi, 1-bandi yaʼni, “Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlari moʻljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqarishga, eksport hamda import qilishga hamda tarqatishga haqlidir” hamda 3-bandi “Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari tegishli litsenziya olgandan soʻng diniy ibodat buyumlarini ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga faqat ular ega boʻladilar” deb koʻrsatilgan talablarni bilmasdan buzgan.
Oʻzlari bilmagan holda huquqbuzarlik sodir etgan Olimjon va Ozodga bu borada profilaktik tushuntirish olib borildi va maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalariga muvofiq jarima jazosi qoʻllanildi.
Otabek Bekchanov, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶