NODIRJON TOJIMOV - “ENG YaXShI RUS TILI OʻQITUVChISI” TANLOVI GʻOLIBI
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, “Sharq Aholi” xalqaro Ayollar jamoat fondi hamda Rossiya davlatining “Russkaya gumanitarnaya missiya” (Rus gumanitar missiyasi) tashkiloti hamkorligida mamlakatimizdagi rus tili fani oʻqituvchilarining malakasini oshirish, rus tili va adabiyotini oʻqitishning yangi pedagogik usullarini taʼlimga joriy etish, pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida rus tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi rus tili oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda quyi bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 36 nafar oʻqituvchilar toʻrtta shart - rus tili fani boʻyicha test sinovlari, yozma ish, dars mashgʻuloti oʻtish va zamonaviy AKT yordamida dars ishlanma tayyorlash boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Tanlovda hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori ball toʻplashga erishgan 10 nafar oʻqituvchilar “Eng yaxshi rus tili oʻqituvchisi” tanlovi gʻolibi deb topildi.
Tanlov gʻoliblari tashkilotchilarining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar hamda Rossiya davlatiga 5 kunlik sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.
Eʼtiborlisi, gʻoliblar ichida tumanimizdagi 16-sonli maktab rus tili oʻqituvchisi Nodirjon Tojimov ham bor.
Erishilgan gʻalaba mamlakatimizda oʻqituvchi kasbi nufuzini oshirish, ularning samarali mehnat qilishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qolaversa, Nodirjon Tojimovning oʻz kasbiga mehri natijasidir.
Otabek Rahimboyev,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶