28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:30
Adabiyot 👁 2,918

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

ENDI

Yoʻlsiz suv ham oqar behuda,

Umr uqtirdi, bilaman endi.

Oʻrinli-ku yor-doʻstga juda,

Kitob sovgʻa qilaman endi.

Oltin-kumush baxt bermas boylik,

Sirti silliq gullik – chiroylik,

Olma oni, ichi saroylik –

Kitob sovgʻa qilaman endi.

Kitob – kalom jamlagan olam,

Sir ocharsan qochmasang, bolam,

Men – bogʻboning, sen boʻlib lolam,

Kitob sovgʻa qilaman endi.

Yuz-koʻzingga nur taratadi,

Ilmlilikni ul yaratadi,

Ilib olsang, koʻp yarashadi,

Kitob sovgʻa qilaman endi!

J.HIDOYaTOV.

 

QAYDAN IZLAB TOPGUM ENDI?

Muhammad Yusuf xotirasiga

Mana bugun bogʻda sarin sabo yeldi,

Qaldirgʻochlar gul bahorni boshlab keldi,

Lek bu bahor koʻzlarimni yoshlab keldi,

Koʻzimda yosh qizgʻaldoqni oʻpgum endi,

Muhammadni qaydan izlab topgum endi?

Mayli, barcha shoirlarni ustoz deyin,

Topolmayman lek, Muhammad Yusufdayin.

Koʻzlarimda yosh qalqiydi borgan sayin,

Oy yuzini etak bilan yopgum endi,

Muhammadni qaydan izlab topgum endi?

Bir mung chiqmas soʻz mulkiga sultonlardan,

Soʻrolmayman Qodiriy va Choʻlponlardan.

Qidiraymi izlarini osmonlardan,

Kech boʻlsa-da, Andijonga chopgum endi,

Muhammadni qaydan izlab topgum endi?

Besh yosh edim, afsus, uni koʻrolmadim,

Ming savol bor, birortasin soʻrolmadim,

Men hali ham Andijonga borolmadim,

Borsam agar, qabrin quchib yotgum endi,

Muhammadni qaydan izlab topgum endi?

Komronbek Kamol,

“Muhammad Yusuf izdoshlari”

toʻplamidan. Qangli ovuli.

 

HUNAR

Derlar, oʻrgansang hunar,

Hunar-la rizqing unar.

Chala bilsang qirqtasin,

Toʻkis bilgin bittasin.

U ajoyib moʻʼjiza,

Hech tuganmas xazina.

Boyliging tugasa ham,

Hunaring ketmas sira.

Nilufar BEKIMBETOVA,

30-sonli maktab oʻquvchisi.

 

KITOBLAR OLAMI

Mening kitob javonim,

Koʻzimni quvnatadi.

Doston, sheʼr-u ertaklar,

Dilimni yayratadi.

Dadajonim doimo,

Sovgʻa qiladi kitob.

Xonam ham nurga toʻlar –

Kitoblar misli oftob.

“Sariq devni minib”mi,

“Sariq devning oʻlimi”.

Oʻqigach, bilsa boʻlar,

Toʻgʻri hayot yoʻlini.

Alisher bobomizning,

Gʻazallarin oʻqidim.

Ulardan zavqlanib men,

Turfa sheʼrlar toʻqidim.

“Gulliverning sayohati”n,

Oʻqib maza qildim men.

U bilan hatto birga,

Sayohatda boʻldim men.

“Alpomish”ni oʻqigach,

Katta saboqlar oldim.

Ogʻa-ini janjalining,

Yomon tomonin bildim.

Konfutsiy taʼlimoti,

Ezgulikka boshlaydi.

Hatto, baʼzi jumlalar,

Koʻzingizni yoshlaydi.

“Qobusnoma” oʻgitlari,

Yoʻlingizni yoritar.

Ezgulik va yovuzlikning,

Chegarasin tanitar.

Oʻqib, uqsak kitoblarni,

Toʻgʻri ibrat olamiz.

Yurt ishonchin oqlaydigan

Yigit-qizlar boʻlamiz.

Ozoda KAMOLOVA,

19-maktab oʻquvchisi.

 

Kitob

Bizga beradi bilim,

Oʻrgatar hayot ilmin.

Doʻst boʻling kitob bilan,

Tanishing olam bilan.

Yangi-yangi kitoblar

Oʻqib oling baholar.

Hamroh boʻlar har qachon

Siz izlagan qahramon.

Layloxon KAMOLOVA, 40-sonli maktab oʻquvchisi.

 

MUSTAQILLIGIMIZ ADABIY BOʻLSIN

Onaning bagʻriday issiq Vatanim,

Tuprogʻi bebaho, oltin Vatanim.

Senga taʼzim qilay, koʻksimda qoʻlim,

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Seni koʻrolmayin yurganlar qancha,

Zimdan toshlar otib yurganlar qancha?

Xalqingning birligi, mardligi uchun,

Senga yovlar yaqin kelolmas aslo.

Bayrogʻing koʻklarga koʻtarmoq uchun,

Ravon yoʻlga chiqdik, havasda ochun.

Yoshlar kamarbasta ezgu yoʻlingda,

Mangu mustaqillik va hurlik uchun!

M.Madiyorov, 51-sonli maktabning Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi.

 

MEHRIBON USTOZIM

Maktabga ilk bora qoʻyganda qadam,

Meni kutib oldi yorugʻ yuz bilan.

Qoʻlimga tutqazib qogʻoz-u qalam,

Oʻqish va yozishni oʻrgatgan onam –

Mehribonim mening, aziz Ustozim!

Shu ondan oʻzimni baxtiyor sezdim,

Goʻyo osmonlarda parvoz qildim men.

Xayolimda cheksiz dunyoni kezdim,

Chunki ilm tomon qadam qoʻydim men.

Dilga havas, hayrat solgan Ustozim!

Dilnoza BOZORBOYeVA, 40-maktab oʻquvchisi.

 

DOʻSTLIK

Qanday yaxshi yoningda oʻrtoq,

Doʻstlaring-la yashasang inoq.

Shundaylar bor, ammo hayotda –

Doʻstlari yoʻq, mehrdan yiroq.

Doʻsting bilan bu dunyo goʻzal,

Barcha inson tinch-totuv yashar.

Doʻstlar uchun oqibat afzal,

Bir-biriga mehr ulashar.

Doʻstlik bilan munavvar olam,

Doʻsti yoʻqlar yutarlar alam.

Doʻstlik bilan mangu osuda,

Xalqlar yashar va millatlar ham.

Iroda BEKIMBETOVA,

30-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026