Jamiyat
👁 446
Oʻquv kursni yakunlagan qizlar “Tamara-Feruza” xususiy korxonasiga ishga joylashtirildi
Respublika yoshlar markazi tuman boʻlinmasida tashkil qilingan tikuvchilik toʻgaragining oʻquv kursida ayol-qizlarga hunar sirlari oʻrgatildi. Uch oy davomida toʻgarak aʼzolari tikuvchilikni mukammal oʻrganib olishdi.
Ularga toʻgarak rahbari Tamara Yusupova ayollar, bolalar va erkaklar uchun mavsumiy liboslarni bichish, andoza olish, tikish kabilarni toʻliq oʻrgatdi. Oʻquv kursini yakunlagan 20 nafar qizlar Yoshlar markazi tuman boʻlinmasi koʻmagi bilan “Tamara-Feruza” xususiy korxonasiga ishga joylashtirildi. Qizlarga ishga joylashganligi munosabati bilan korxona rahbari tomonidan “Mehnat daftarcha”lari tarqatildi.
Korxonaga ishga joylashtirilgan tikuvchi qizlar shu kundan ishni boshlab yuborishdi.
D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶