DAVLAT XIZMATLAPI KOʻPSATIShNING MILLIY TIZIMI JADAL SUPʼATLAPDA PIVOJLANMOQDA
Oʻzbekiston Pespublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Pespublikasida Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasini roʻyobga chiqarish, shuningdek aholining hayot darajasini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni rivojlantirish maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini sifat jihatidan yangi darajaga oʻtkazish jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda.
Davlat xizmatlari markazlarida «yagona darcha» tamoyili boʻyicha koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari soni qisqa vaqt oraligʻida 100 ta xizmatdan ortdi, xizmatdan foydalanish uchun murojaat qilayotgan fuqarolar soni esa oʻtgan yillarga nisbatan 50 barobarga oshdi. Bunda, koʻrsatiladigan davlat xizmatlari koʻrsatkichi qoʻshimcha davlat xizmatlari joriy etilishi munosabati bilan yana ikki barobar ortishi kutilmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida 2019-yil 1-iyundan boshlab fuqarolar doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qatʼiy nazar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil boʻyicha olishga haqli.
Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini olish uchun Oʻzbekiston Pespublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, oldinlari davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni Markazlar orqali yoki bevosita xizmat koʻrsatuvchi organlarga murojaat etganda toʻlanadigan summadan 50 foiz miqdorida toʻlasalar, joriy yilning iyul oyidan 90 foiz miqdorida toʻlanadigan boʻldi.
Tadbirkorlik faoliyatini yanada jadal rivojlantirish, tadbirkorlik sohasidagi faoliyatning erkinliklari va qulayliklarini oshirish yuzasdian tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlari joriy yil 1-apreldan boshlab, quyidagilar:
Eksport kontrakti roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
Mol soʻyishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligi haqida xulosa;
Voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma;
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qiladigan tadbirkorlik subʼektlarining savdo obʼektlari joylashuvi;
Yerlarning barcha toifalarida geologik-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa turdagi qidiruv ishlarini olib borishga ruxsatnomasi bekor qilindi.
Fuqarolarning vaqtini va moddiy-xarajatlarini tejash, ularga yanada qulayliklar yaratish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar samarasini yuksaltirish maqsadida 2019-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslardan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalari, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar, soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar, toʻlangan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisida maʼlumotnomalar talab qilinishi taqiqlandi.
Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi amaliyotni davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar ishtirokida hech qanday toʻsiqlarsiz amalga oshirishni taʼminlash maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga faqat Markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish, davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining serverlarida profilaktika ishlarini ish vaqtidan tashqarida olib borish, davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridagi nosozliklar haqida Agentlikni xabardor qilish, shuningdek ularni zudlik bilan tuzatish choralarini koʻrish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
Yuqorida keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar aholining davlat xizmatlaridan foydalanishlarida qulayliklar yaratilishiga, ularning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidan mamnunlik hissini oshiri, “Fuqarolar emas-hujjatlar harakatlanadi” tamoyilini isbotlab bermoqda.
UMIDA SAPAPBAYeVA, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶