28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:39
Fan va taʼlim 👁 2,946

BOLANING BEGONASI BOʻLMAYDI

BOLANING BEGONASI BOʻLMAYDI

Bizning xalqimiz azaldan bolajon xalq. Farzandining sogʻlom va baxtli oʻsib-ulgʻayishi, hech kimdan kam boʻlmay voyaga yetishi uchun borini, hattoki jonini ham ayamaydi. Qon-qonimizga singib ketgan bu xislat milliy qonunchiligimizda ham oʻz ifodasini topgan. Xususan, ota-onasi qaramogʻidan, ularning mehr va eʼtiboridan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari ham davlatimiz himoyasiga olingan. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksiga binoan ota-ona vafot etganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda va qonunda belgilangan boshqa hollarda vasiylik yoki homiylik belgilanadi.

«Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida Nizom»ga asosan 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshirish xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlariga yuklangan. Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan yuqoridagi Nizom asosida oʻtgan 2013-yilda qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 5 kishidan iborat ushbu vasiylik va homiylik organi ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlab, ularga vasiy va homiy tayinlash, ular ustidan kuzatish, nazorat oʻrnatish, ota-onasiz qolgan bolalarni moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlash, maktablarda toʻgaraklarga jalb qilish va taʼlim berish samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish kabi vazifalar belgilanib, bu borada amaliy ishlar qilinmoqda.

Aytish kerakki, vasiylik va homiylik organida 2013-yil davomida ota-onalari yoʻq, qarovsiz qolgan bolalar qayd qilinmadi. Vasiylik va homiylik organiga kelib tushgan ariza, xat va hujjatlar oʻz vaqtida koʻrib chiqilib, xulosalar va tavsiyanomalar berib borildi.

2013-yil davomida vasiylik va homiylik organi tomonidan 12 nafar bola vasiylikka (shundan 6 nafari qizlar), 3 nafar bola homiylikka (shundan 2 nafari qizlar) olindi.

«Oila kodeksi»ga koʻra, farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqqan holda bolalarni farzandlikka olish va oilaga tarbiyaga berish bilan bogʻliq ishlar ham amaldagi qonunchilik asosida koʻrib chiqilmoqda. 2013-yil davomida 11 nafar bola farzandlikka olinib (shundan 1 nafari qiz), oila tarbiyasiga (patronatga) bola olish holati qayd qilinmadi.

Vasiylik va homiylik organi aʼzolari tomonidan ovul va mahallalar oqsoqollari hamda maslahatchilari bilan birgalikda farzandlikka, vasiylik yoki homiylikka olingan bolalarning keyingi hayoti oʻrganilib borilmoqda. Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan, maʼlum sabablarga koʻra tugʻilganligi toʻgʻrisida guvohnoma olinmagan bolalarga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olishlarida amaliy yordamlar koʻrsatilib, bayramlar munosabati bilan ota-onasi qaramogʻidan, ularning mehr va eʼtiboridan mahrum boʻlgan bolalarga sovgʻalar berish yoʻlga qoʻyilgan.

Jumladan, 2013-yil davomida 1 nafar bolaga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishda yordam berilib, yangi yil munosabati bilan ota-onasi yoʻq 3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan yetim bolalar hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalardan 62 nafariga Prezident sovgʻasi tantanali ravishda topshirildi. Bayram munosabati bilan umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan yarim yetim va kam taʼminlangan oʻquvchilarning 600 nafariga homiy tashkilotlar va maktab maʼmuriyatlari tomonidan sovgʻalar berildi.

Xulosa oʻrnida aytish kerak-ki, xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanalgan ota-ona mehridan bebahra bolalarning boshini silash, ularning holidan xabar olish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda oʻzlarining munosib oʻrinlarini topishlariga sharoit yaratish masalasi mustaqillik yillarida yangi bosqichga koʻtarildi. Yaqindagina "Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi ham ularning huquq va erkinliklarini taʼminlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim hujjat boʻldi.

Mazkur Qonunning "Sogʻlom bola yili” deya eʼlon qilingan joriy yilning dastlabki kunlarida qabul qilinishida ham maʼno bor. Zero, mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi, ularning taʼlim olishi, sport bilan shugʻullanishlari, kasb-hunar oʻrganishlari, shu bilan bir qatorda, ularning bandligini taʼminlash orqali jamiyatda oʻzlarining munosib oʻrinlarini topishlariga berilayotgan eʼtibor jamiyatimizda tugʻilib voyaga yetayotgan har bir bolaga tegishli.Axir, bolaning begonasi boʻlmaydi, deydi dono xalqimiz.

 

Gulya MUXANOVA,

Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimining bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026