Jayxun ilhomlari
Aziz karvonim
Yölga otlanibdi ming yillik karvon,
Oşib ötgan mana neça çöl, dovon.
Sarbon bor qölida ezgulik tuği,
Maqsad bor, sözi bir – qiliçning tiği.
Bepoyon daştlarda, hattoki çölda,
Karvon ketib borar, bir ravon yölda.
Kimlar havas bilan boqar uzoqdan,
Ollohim asrasin xavfdan, tuzoqdan.
Bu karvon içida hayot qaynaydi,
Insonlar ahildir, közlar çaqnaydi.
Bosilgan izlardan unarkan gullar,
Quyoşning taftidan yayrar köngillar.
Yöling ravon bölsin, aziz karvonim,
Hayoting bardavom bölsin, Sarbonim!
Oldinda baxtiyor manzillar kutar,
Közlangan manzillar baxt sari eltar!
Alişer Ahmedov.
ONAM
Hayot sinovlariga berolmay bardoş,
Qalam-u qoğozga bölsam-u sirdoş.
Onajonim bölar menga yelkadoş,
Quyoşim, oftobim, mehribon onam.
Közlarimga inganida nam,
Yomonlar gaplari qilarkan alam.
Şunday paytda yupatar onam,
Boşimda parvonam, sarbonim onam.
Mehri daryolarga siğmagan onam,
Baxtli, taxtli bölsin der, bolam.
Vatanim koriga yarasam agar
Faxr-u iftixorga tölardi onam!
Dilnoza SOBIROVA.
MEN ORZU QILAMAN
Men orzu qilaman hayotda baxtni,
Orzular orzuga ulanib ketar.
Baʼzida tilaklar aylanib rostga,
Tuşdek könglim maqsadga yetar.
Hayot, bu – ummondir, oxiri yöqdir,
Orzular öxşaydi göyo baliqqa.
Baliqçi misoli suzar, odamzod,
Orzularin ovlab çiqar qirğoqqa.
Orzu ham kuç bermas, qölda turmaydi,
Inson ertasini aslo bilmaydi.
Oldida töfonmi, döl bormi, bilmas,
Ummonda tölqinlar aslo tinmaydi.
Men orzu qilaman öşa ummonda,
Baliqçi misoli baliq ovlasam.
Allohimning özi kuç-quvvat bersa,
Orzular ketidan tinmay quvlasam.
Sevara SIDABULLAYeVA.
DAVLATIMSIZ, OTAJON!
Poyingizni közga suray, otajon,
Nomingizni oqlab yuray har qaçon.
Siz istagan inson bölib hayotda,
Doim ezgu işlar qilay, otajon!
Siz borsizki, biz bormiz bu dunyoda,
Borligingiz har narsadan ziyoda.
Har nafasda hurlik hissin tuyaman,
Baliq erkin suzganidek daryoda.
Ota, desam qalbim tölar ğururga,
Yurak-bağrim tölib ketar faxrga.
Talpinaman hamon otam bağriga,
Lol qolaman yo Rabbim, bu mehrga.
Otasini uluğlagan har inson,
El içida qadr topgan har zamon.
Alloh özi eʼzozlagan bu zotlar,
Duo qilsa, duosi asrar jahon.
Közlaringiz nuri bölay otajon,
Sözlaringiz duri bölay, otajon.
Siz panohim, eng bebaho davlatim,
Poyingizga gullar töşay har zamon.
Uyimizni jannatmakon boğ qilib,
Har onimiz tarovatli çoğ qilib.
Östirdingiz bir öğil, uç qizlarni,
Mağrur boqing, köksingizni toğ qilib.
Şodlik kuyi yangrar jism-u jonimda,
Saxiy beklar qoni oqar qonimda.
Bu dunyoda mendan baxtli inson yöq,
Mening şunday otam borlar yonimda.
Nasiba EŞMURODOVA,
55-maktab öqituvçisi.
BIZ DUNYoGA MEHMONMIZ
Yoşi bir yerga borganda inson,
Çuqur nazar solar ekan hayotga.
Bu dunyoda heç bir narsa
Boqiy bölmas ekan, naçora.
Baʼzilar mansab kursisini
Özlariga abadiy bilar.
Insoniylik qiyofasini
Bir lahzada unutib qöyar.
Baʼzan kökda oyning yuzini
Qora bulut qoplab olganday.
Tundlaşadi çehralari ham,
Köngliday tor dunyolari ham.
Aslida-çi, birgina sözdan
Toğ böladi insonlar qalbi.
Mehr nuri balqisin közda,
Quyoş porlab turgani kabi.
Abadiymas, amal va boylik,
Odamiylik baridan ustun.
Biz mehmonmiz, şuni bilaylik,
Mehr ila bağrimiz butun.
Inobat OTAJONOVA, 38-maktab öqituvçisi.
VATANPARVAR
Vatanparvar yigitlar,
Çegarani qöriqlar.
Tinim bilmay xizmatda,
Çarçamasdan yurişar.
Jonin tikib garovga,
Ona yurt deb yaşaşar.
Tinçlik bermayin yovga,
Vatan uçun kuraşar.
Sanjar OLIMOV, 40-maktab öquvçisi.
ZIYoDAGA
Albatta, sen yurib ketasan,
Orzuingga bir kun yetasan.
Aʼlo öqib dorulfununda,
Şifokorlik kasbin tutasan.
Umidingni uzma heç qaçon,
Faqat olğa intilavergin.
Xastalikni yengib ötasan,
Matonatning qölidan tutgin.
Közingda yoş bölmasin, aslo,
Ğam çekmagin, intil hayotga.
Sen kuçlisan, işon Ziyoda,
Orzularing köçar hayotga.
Sardorbek KENJABOYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶