Suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulanish uchun texnik shartlar olishga elektron shaklda ariza yuborish mumkin
Tadbirkorlik subektlariga qulaylik yaratish maqsadida Yagona portalda «Suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulanish uchun texnik shartlar olishga elektron ariza yuborish» yangi xizmati joriy etildi.
Ushbu xizmat, Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subektlari - jismoniy va yuridik shaxslarga hamda II guruh isteʼmolchilari (issiqlik taʼminoti tashkilotlari; ISKX tashkilotlari; Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari; byudjet tashkilotlari; diniy tashkilotlar; elchixonalar va diplomatik vakolatxonalar; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari; xususiy uy-joy egalari shirkatlari)ga koʻrsatiladi.
Endilikda, tadbirkorlik subektlari Texnik shartlar olish uchun, portalda arizani elektron tarzda to`ldirishlari va talab etilgan hujjatlarni skanerdan oʻtkazilgan nusxalarini ilova tarzida yuborishlari kifoya. Arizani yuborilgan kundan eʼtiboran 2 ish kuni muddatida, foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulanish uchun Texnik shartlar, yoki ularni berishga asoslangan, ariza formasini toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan yoki ilova etilgan hujjatlardagi kamchiliklar koʻrsatilgan rad javobi yuboriladi.
Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini taʼminlash doirasida joriy etilgan.
Oʻzbeklar suvni ”hayotiy muhim modda yo “resurs” deb emas, ulugʻ qadriyat deb eʼzozlaydi. Uvolidan qoʻrqadi. Zero, suv nonday, balki nondan ham aziz, muqaddas bir neʼmat. Hatto har bir moʻʼminning soʻnggi nasibasi ham ogʻziga tomiziladigan bir necha tomchi suv... Uni pok saqlash har bir insofli odamning, har bir musulmonning va har bir fidoyi oʻzbekning vijdon ishiga aylanishi lozim.
Sh.Abdullayev, tuman davlat xizmatlari
markazi mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶