Ogohlik – davr talabi
LOQAYDLIK- MAʼNAVIY HALOKATDIR
Bugungi globallaşuv jarayonida dunyo miqyosida yuz berayotgan mafkuraviy xurujlar insoniyat boşigaqançalik köp kulfatlar yoğdirayotgani hyeç kimga sir emas. Mafkuraviy xurujlarning şakli
turli-tuman bölib, hozirgi
vaqtda
xalqaro
miqyosda
keng avj olib, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-goyaviy muammoga aylanib ulgurgan
körinişi bu - missionerlikdir.
Höş, missionerlar kimlar? Ular öz maqsadlarini
amalga oşirişda qanday vositalardan
foydalanadilar?
Avvalo şuni alohida
qayd etiş kerakki, missionerlik - muayyan bir tuzum va muayyan bir dindagi
kişilar örtasida boşqa bir din yoki özga tuzumni tarğib etiş orqali öz ğarazli
maqsadlarini amalga oşiriş yölidagi harakatdir. Bu harakat aʼzolarining jamiyat hayotiga
qançalik ayançli taʼsir körsatişini barçamiz yaxşi bilamiz.
Missionerlar xalqaro
terrorizm, giyohvandlik, diniy-ekstremizm, xususan, «Hizbut-tahrir», «Vahhobizm»
körinişidagi taʼsir vositalaridan foydalangan holda taʼlim va xayriya
jamiyatlari, tarğibot-taşviqot muassasalariga öqituvçi, til örgatuvçi, özga
davlat taomlarini örgatuvçi niqoblari ostida suqilib kirib olgan holda öz harakatlarini
amalga oşiradilar.
Mamlakatimiz
mustaqillikka erişgandan söng, yurtimizga turli ğoya va mafkuralar oqib kira
boşladi. Bu mafkuralar orasida eng aşaddiysi sözsiz, missionerlik harakatidir.
Missionerlar çet tillarini örgatuvçi maxsus kurslarning muallimlari niqobi
ostida talabalar yotoqxonalariga, savdogar yoki işbilarmon sifatida bozor va
dökonlarimizga, pazandalik sirlarining bilimdonlari bölib umumiy ovkatlaniş
şoxobçalariga, qöyingki turmuşning barça jabhalariga joylaşib olib, öz ğarazli
maqsadlarini amalga oşiriş yölida har qanday kiçik imkoniyatdan ham foydalanib qolişga
intilişadi. Jahondagi boşqa davlatlardagi kabi yurtimizda ayrim yoşlarning
soddadilligi va işonuvçanligi, eʼtiqodi sustligidan foydalanib, xatto ularning
moddiy taʼminotini yaxşilaşni vaʼda qilib öz tuzoqlariga ilintirib olişga harakat
qilişmoqda.
Tarixdan
maʼlumki, 1873-yilning mart-may oylarida Xiva xonligini öziga böysundirib,
Xorazm davlatini çor Rossiyasiga butunlay qaram qilib oliş uçun rus
missionerlari yillab tayyorgarlik körişgan. Ular Xorazm davlati bosib olingunga qadar
yerlik xalq orasiga suqilib kirib juda katta va keng miqyosda missionerlik
faoliyatlarini yuritganlar. Oddiy sayyoh sifatida oddiy Xorazm qovunini qultiqlab
yurib butun voxaning geografik xaritasini işlab çiqqanlar. Xorazm davlatining harbiy
istehkomlari saloxiyatini, bu istehkomlarning qanday joylaşgani-yu,
askarlarimizning jang taktikasigaça sinçiklab örganib çiqişgandan sönggina harbiy
yurişlar uyuştirganlar va öz maqsadlariga töla-tökis erişganlar.
Bu - missionerlik harakatining
maşʼum tarixiy isboti.
Bugungi tezkor özgarişlar davrida missionerlik harakati yanada faollaşdi. Ular öz qabih niyatlarini
amalga oşiriş, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotini izdan çiqariş maqsadida ğoyaviy va mafkuraviy tahdidning eng taʼsirçan usullaridan foydalanmoqdalar. Bu borada missionerlarga islom dini niqob vazifasini ötayotgani barçaga ayon. Islom dini
axkomlarini buzib talqin etiş, diniy
bilimsiz kişilarni turli norasmiy diniy taşkilotlarga jalb etiş uçun zör berib
urinişmoqda. Bunday urinişlar natijasida
ayrim ongi sayoz kişilar örtasida ixtiloflar, böliniş va turli xil
fitna-fasodlar kelib çiqişi tabiiy,
albatta. Vaholanki, tinç aholi örtasida fitna-fasod qözğaş, buzğunçiliklar
sodir etiş -Allohning suyukli bandalarining özaro hamjihatlikda, ahil-inoq yaşaşlari xaqidagi ilohiy
taʼlimotga tamoman ziddir. Zero, Qurʼoni
Karimda: «...Fitna va buzğunçilik qotillikdan ham
aşaddiyroqdir...» deb zikr etilgan.
Tinç aholi orasiga suqilib kirib olib ularni töğri yöldan çalğitiş, bir-
birlarining örtasida gina-adovatlar közğaş, ayniqsa,
yoşlarni turli norasmiy
diniy taşkilotlarga aʼzo qiliş uçun
missionerlar juda köplab mablağlarni
ajratişmoqda. Bu mablağlarni ular bemor kişilarga moddiy kömak, bepul dori-
darmon yetkazib beriş, şartnoma asosida taxsil olayotgan talabaga yordam, turli
nolegal naşrlarni çop etib, aholiga bepul
tarqatiş kabi işlarga sarflaşmoqda. Baʼzi maʼnaviy-siyosiy jihatdan bilimsiz kişilar
bunday tuzoqlarga osongina ilinadilar. Natijada bilib-bilmay öz xalqi va
Vataniga, oilasiga xiyonat qilişgaça borib yetadilar. Bundaylarga diniy eʼtiqod
va iymon, Vatan tuyğusi emas, balki öz dinidan oğişi, missionerlarning
rejalarini amalga oşirişlarida köproq ularga berilayotgan pul va yaratib qöyilgan
(garçi vaqtinça bölsa-da)şaroitlar asosiy omil böladi.
Albatta, bunday harakatlari
bilan missionerlar islom diniga eʼtiqodi baland mahalliy aholi örtasida
özlarida ijobiy fikrlar tuğdirişga erişadilar. Diniy bilimsizliklari oqibatida
missionerlarga işongan va ergaşgan odamlar alal oqibat jinoyatga qöl uradilar. Hayotda
loqayd, xudbin bölib qoladilar. Bunday insonlar köproq giyohvandlikka ruju qöyadilar,
iqtisodiy jinoyatlarga qöl, uradilar. Agar mansabdor şaxs bölsa, mahalliyçilik,
uruğ-aymoqçilik, manfaatparastlik, atrofdagilarni mensimaslik kabi illatlarni
özlariga yuqtiradilar. Insonlar yuragini mahv etgan bunday içki tahdid
borib-borib ular ongi-şuurini batamom egallaydi va missionerlarning qölidagi qöğirçoqqa
aylanib qoladi.
Istiqlol yölini
tanlab, bu yölda taraqqiyotning öz modelini yarata olgan Özbekistonni
demokratik-maʼrifiy taraqqiyot yölidan oğdirişni maqsad qilib olgan mamlakatimiz
taşqarisidagi aqidaparast kuçlarning borligini ham aslo unutmasligimiz kerak.
Diniy niqob ostida mustaqil davlatimizga taşqaridan turib tahdid solayotgan taşqi
tahdid kuçlari - aqidaparastlarning xalqimiz maʼnaviyatini yemiriş yölidagi
urinişlariga qarşi hamjihatlikda kuraş olib boriş har bir ongli kişining, elim,
yurtim, oilam, ota makonim degan özbekistonlikning oliy burçidir. Prezidentimiz I.A.Karimov «Yuksak maʼnaviyat -
yengilmas kuç» asarida: «Maʼnaviyatga qarşi qaratilgan har qanday taxdid
öz-özidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, soğlom avlod
kelajagini taʼminlaş yölidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanişi va
oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelişi mumkin», - degan fikrni ilgari
surganlarida xalqimizning, ayniqsa yoşlarimizniig ruhiy dunyosiga taxdid kiliş,
ularda kelajakka bulgan işonçni yöqotiş taşqi tahdid kuçlarining boş maqsadi
ekanligini har bir kişi har lahzada his etib yaşaşi lozimligini taʼkidlaş emas,
balki bunday reaktsion kuçlarning tomiriga bolta urişni nazarda tutganlari ayni
haqiqat.
Xöş, taşqi taxdid kuçlari
qanday tarzda namoyon buladi?
Taşqi taxdid
kuçlari nainki diniy aqidaparastlik körinişida, balki turli niqoblar,
balandparvoz şiorlar, yokimli ğoyalar ostida iş olib boradilar. Eng yomoni, bu kuçlarning ixtiyorida juda katta
moddiy-moliyaviy resurslar mavjud. Aynan şu moddiy-moliyaviy resurslar ularga
çeksiz imkoniyatlar eşigini oçişi tabiiy. Natijada garçi bu kuçlar
mamlakatimizdan taşqarida bölsa-da özlarining puxta
öylangan va uzoqni közlagan, davomli yovuz maqsadlarini bemalol amalga oşiradilar. Eng yomoni, odamni
u manfaatparast, pulga, xorij buyumlariga öç, beparvo, behayo, diniy mutaassib, hatto vahşiy kimsaga
aylantirib qöyadi. Xorij kiyimlariga, puliga va buyumlariga öçlik, qabih niyatli tödalarga kirib qoliş, şaxsiy manfaat quliga aylanib qoliş - insonni taşqi tahdid
kuçlarining malayiga aylantiradi. Va alal-oqibat missionerlarning saʼy-harakatlari bilan «tarbiyalangan», özimizdan, öz millatimizdan
çiqqan loqayd, beparvo
kimsalar qöli bilan öz xalqimizning tinçligiga, mamlakat taraqqiyotiga tahdid
solişadi.
Bu borada söz borar ekan, özlariga muqaddas islom dinini niqob qilib olgan
kimsalar tomonidan 1999-yilning 16-fevralida Toşkent şahrida sodir etilgan portlaşlar yoki 2005-yilda yuz bergan Andijon voqyealarini eslaşning özi kifoya. Öta tahlikaga töla keçgan mustaqillikning ilk yillarida yurtboşimiz I.A.Karimov:
«...din bizning qon-qonimizga ongu şuurimizga şu qadar singib ketganki, uni hyeç qanday yovuz
kuç, hyeç qanday taşviqot bilan çiqarib
bölmaydi... Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda.
...Oq-qorani, döst-duşmanni taniydigan xalqimiz din nima-yu soxta aqidalar
nimaligini, kim pok niyatli xudojöy insonu kim munofiq riyokor ekanini juda yaxşi biladi», - deya butun jahonga bong urgan edilar.
Darhaqiqat, özini
dindor, iymonli körsatib, bölmağur safsatalari
bilan atrofidagi odamlar, ayniqsa yoşlar
işonçiga kirib olişga urinayotgan mutaassib kuçlar har kuni, balki har lahzada tinç va
osuda hayotimizga xavf solişi, farzandlarimiz ongini zaharlaşga intilişi tabiiy. Bunday kora niyatli kuçlarning
payini qirqiş, soxta
akidalarini, riyokorliklarini foş etiş xar bir xakikiy musulmonning burçidir.
Körinib turibdiki, bugungi globallaşuv jarayoni xar
birimizdan maʼnaviy barkamol, yetuk insonni
tarbiyalaş borasidagi ezgu maqsadlarimiz
yöliga töğanoq bölişga zör berib
intilayotgan yovuz niyatli kuçlarga qarşi hamjihatlik bilan
kuraş olib borişni talab etadi.
Mamlakatimizdagi taraqqiyotni izdan
çiqariş uçun taşqaridan. va içkaridan turib tahdid solayotgan har qanday körinişdagi xatarlarga qarşi öz vaqtida qatʼiyat va izçillik bilan kuraş olib borişimiz zurur.
Yaʼni, xorijdan keltirilgan behayo liboslarni kiyib çiqqan farzandimizga unga maʼqul keladigan, öz milliy mentalitetimizga monand
libosni taklif etişimiz, katta pul vaʼda kilib öğil-qizimizni xorijga işga taklif etuvçilarga öz yurtimizda
öğil-qizimizning nasibasi uluğligini amalda körsatişimiz şart.
Kutilmaganda oilamizga tibbiy va moddiy yordam yoki
xomiylik kömagi berişni istab qolgan kimsa
kim va u qanday taşkilotning odami? Qanday asoslarga tayanib sizga tibbiy yordam yoki pul
vaʼda qilayapti? Nima uçun u sizga qimmat qoğozlarga
bosilgan adabiyotlarni tekinga berayotir? Bu adabiyot içida nelar yaşiringan va bu adabiyotlar orqali u xalqimizga
nimalarni tarğib qilayapti? - qabilidagi
savollar xususida jiddiy öylab köraylik. Eng muximi, maʼnaviy-tahdid - inson
erkinligiga, kelajak avlod va demakki, mustaqil davlatimiz kelajagiga qarşi tahdid ekanligini
aslo unutmasligimiz kerak.
Yana şuni esda tutmoğimiz kerakki, xoh oilada, mahalla-köyda,
xoh özimiz işlaydigan mehnat jamoasida bölsin, xoh yoşlar köp töplanadigan öquv dargoxlari, yotoqxonalarda yoki jamoat
joylarida bölsin lokaydlikka, beparvolikka berilmaylik. Sizni yoki farzandingizni katta pul vaʼda qilib çet elga işga taklif etayotgan odamga, diniy bilimingiz sayozligidan foydalanib özlarining buzğunçi ğoyalari bilan
boşingizni gangitib qöyayotgan
kimsaga aslo ergaşmang. Sababi, aynan
şunday kimsalar Sizning loqaydligingizdan
foydalanib farzandingizni yoki taniş-bilişlaringizni çet davlatning qaysidir korçaloniga qul kilib sotib yuborişi, siz amal qilayotgan
islom ahkomlarini buzib talqin etişi, şum niyatlarini amalga oşiriş borasida xeç narsadan toymasligi,
bunday kimsalarga ergaşiş esa har qanday kişini maʼnaviy halokat sari yetaklaşi turgan gan. Demak, loqaydliksari quyilgan birgina qadam ham insonni
maʼnaviy halokat tomon olib boruvçi
yöldirki, bu yölga tuşib qolişdan
özimizni özimiz asraşimiz, har lahzada ogohbölişimiz zarur.
Bunday yovuz kuçlarga qarşi sobitqadamlik bilan kuraşiş, öz erkinligimizni, mustaqilligimizni himoya qilişdir.
Robiya
YULDOŞEVA,
Qoraqalpoğiston
Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.
Allambergan JUMANIYoZOV,
Özbekiston Jurnalistlari
ijodiy uyuşmasi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶