SOBIQ KASBDOShLAR OʻZBEKISTON TEMIR YOʻL TRANSPORTI XODIMLARI KUNINI MUNOSIB NIShONLADILAR
Doʻstlik, birodarlik, mehr-oqibat kabi muqaddas tuygʻular borki, hayotimiz mazmunli, fayzli. Ana shunday tuygʻular dillarni dillarga bogʻlaydi, oradan yillar oʻtsa-da, eskirmaydi, unutilmaydi.
Shu yil 4-avgust kuni Mangʻit shahridagi “Afruza” kafesida boʻlib oʻtgan sobiq hamkasblarning uchrashuvi ham bunga misol boʻla oladi. Ular sobiq SSSR hukmronligi, mustaqillikning dastlabki yillarida Qoʻngʻirot deposiga qarashli Jumurtov stantsiyasida lokomotiv brigadada mashinist boʻlib ishlashgan, ayni kunda keksalik nafaqasidagi temir yoʻl transporti xodimlaridir.
– Odamning hayotda doʻst-birodarlari qarindoshlari, ogʻaynilari koʻp boʻladi. Biroq bir maqsad yoʻlida birga mehnat qilgan hamkasblarning oʻrni oʻzgacha. Shuning uchun ham biz yilda bir marta yigʻilishib oʻtirib, dildan suhbatlashib, diydorlashib turamiz, – deydi tadbir tashkilotchilaridan biri Oʻrolboy ogʻa Rahimov.
Sobiq hamkasblar mamlakatimiz Prezidenti muhtaram Sh.Mirziyoyev Farmoniga koʻra avgust oyining birinchi yakshanbasi Temir yoʻl transporti xodimlari kuni sifatida belgilanganidan juda xursand. Toʻgʻri, ayni kunda tumanimizda mazkur xizmat turi faoliyat koʻrsatmaydi. Biroq sohada uzoq yillar samarali xizmat qilgan kishilar uchun bu kun aziz kun.
Tadbirda ishtirok etgan 25 nafardan ziyod sobiq temiryoʻlchilar bayram bahona diydorlashib, dildan suhbat qurdilar, koʻngillar koʻngildan suv ichdi, birodarlik, doʻstlik rishtalari yanada mustahkamlandi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶