Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzganlik uchun javobgarlik bor
Mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda. Bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi 5278-sonli Farmoni bilan 2018-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik subʼektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilgan, ularning asosiy vazifalari sifatida jismoniy va yuridik shaxslarga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha, shu jumladan:
olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari koʻrsatish;
davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini taʼminlash, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni taʼminlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish;
davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etish;
vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishini taʼminlash belgilandi.
Mazkur Farmonning 2-ilovasida Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan.
Kompleks chora-tadbirlarga muvofiq arz qiluvchidan elektron hujjat, soʻrov, murojaat qabul qilishni rad etganlik, davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlarini buzganlik, arz qiluvchidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida nazarda tutilmagan hujjatlarni soʻrab olganlik, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotning qonuniy talablarini (topshiriqlarini) bajarmaganlik boʻyicha maʼmuriy javobgarlik belgilangan.
Bu kabi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tufayli ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinadi, moddiy xarajatlar tejalishiga imkon yaratiladi va fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini oshirib, “Fuqarolar emas-hujjatlar harakatlanadi” yoki «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulugʻvor gʻoyalarning soʻzsiz amalga oshirilishini isbotlaydi.
Mansur SADIKOV, tuman Davlat xizmatlari markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶