KAM TAʼMINLANGAN OILALAP FAPZANDLAPIGA ATAB XAYPIYa TADBIPI OʻTKAZILDI
Shu yil 13-avgust kuni Mangʻit shahridagi istirohat bogʻida tuman Hokimligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi va Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida Qurbon hayitiga atab xayriya tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirga tumanimizdagi ovul va mahallalar fuqarolari yigʻinlari tomonidan roʻyxati shakllantirilgan kam taʼminlangan oilalarning 1033 nafar farzandlari va 28 nafar ota - ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar taklif etildi.

Istirohat bogʻida ularga Qurbon hayiti munosabati bilan toʻkin dasturxon yozilib, palov tortildi.
Bir koʻngil— ming Kaʼba , deydi xalqimiz. Xayriya tadbiriga ishtirok etgan bolajonlar tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari namoyish etgan maxsus kontsert dasturidan juda mamnun boʻldilar. U larga istirohat bogʻidagi attraktsionlar bepul xizmat koʻrsatdi. Buningdek gʻamxoʻrlik va eʼtibordan bolajonlar behad xursand boʻlishdi, miriqib dam olishdi va tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik bildirishdi.
M.EShMONOV, "Mahalla" xayriya
jamoat fondi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶