BOSh VAZIR QABULXONASI TADBIRKORLARGA TAYaNCh BOʻLAYaPTI
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor aholi bandligining taʼminlanishda ham, iqtisodiyotimizning rivojlanishida ham muhim omil boʻlayotir.
Tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan amaliy yordamlarni yanada koʻpaytirish, ular faoliyatidagi toʻsiq va muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishni taʼminlash maqsadida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 14-may kuni “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga imzo chekdi.
Yurtboshimizning ushbu Farmoniga asosan mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari tashkil etildi.
Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan bunday imkoniyat bizning tumanimizda faoliyat koʻrsatilayotgan 2700 nafarga yaqin tadbirkorlar uchun ham ayni muddao boʻldi.
Bizning tumanimizda tashkil etilgan shunday qabulxona ham tuman ishbilarmonlarining muammolariga yechim topishda muhim omil boʻlayapti. Shu kunga qadar qabulxonaga tadbirkorlardan 15 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 5 tasi shu joyning oʻzida, 5 tasi esa tegishli tashkilotlar orqali hal etildi, 2 ta murojaat yuzasidan ularning egalariga tushunchalar berildi, 3 ta murojaat yuzasidan esa ijro jarayonlari olib borilayapti.
Jumladan, “Norim saxiy” oilaviy korxonasining, “Baxtidiyorbek Baxitjon” oilaviy tadbirkorlikka oid qilgan murojaatlari tuman hokimligi, “Mahalla” xariya jamoat fondi va mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorligida oʻrganildi va bu muammolar 5 kun muddatda oʻz yechimlarini topdi. Uchta tadbirkorning bankdan imtiyozli kredit olish boʻyicha murojaatlari ijobiy hal etildi.
Baʼzida asossiz yoki turli tushunmoqchiliklar asosida ham murojaatlar boʻlib turadi. Bunday vaqtda qabulxona xodimlari tomonidan murojaatgichga amaldagi qonunchilik asosida tushunchalar beriladi. Shu vaqtga qadar bu shakldagi murojaatlarning ikkitasi oʻrganib chiqilib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, zarur tushunchalar berildi.
Hozirda qabulxona qoshida “business.gov.uz”yagona interaktik portali faoliyat koʻrsatmoqda. Portalda murojaatlar va ularning hal etilish sanalari hamda holati aks ettirib boriladi. Bu muammoning hal etilishida qabulxona tomonidan nazorat olib borishning samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Qabulxona tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes subʼektlariga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, muammolarini bartaraf qilish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi kichik sanoat zonasida va Mangʻit shahrining 6 ta mahallasida faoliyat yuritayotgan 50 ga yaqin tadbirkorlar bilan sayyor qabullar oʻtkazilib, tushuntirish targʻibot ishlari oʻtkazildi.
2019-yil 15-avgust kuni qabulxona tashabbusi bilan tumandagi Jinoyat ishlari boʻyicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha, Maʼmuriy ishlar boʻyicha, Iqtisodiy ishlari boʻyicha sudlar raislarining Bosh vazir qabulxonasidagi sayyor qabuli tashkil etildi. Qabulda Sudlar raislari tomonidan 6 ta tadbirkorlarga oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolarining yechimlari boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar tuman aholisi va tadbirkorlari faoliyatida oʻzining ijobiy samarasini berib kelmoqda.
A.XUJAMURATOV, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining
Amudaryo tumanidagi tadbirkorlar murojaatlarini
koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶