2019-yilning birinchi yarmi davomida Amudaryo tumani maʼmuriy sudi tomonidan 644 shaxsga nisbatan 598 ta maʼmuriy ish koʻrib chiqilgan
2019-yilning birinchi yarmi davomida Amudaryo tumani maʼmuriy sudi tomonidan 644 shaxsga nisbatan 598 ta maʼmuriy ish koʻrib chiqilgan.
Koʻrib chiqilib, yakuniga yetkazilgan 440 ta ish boʻyicha 471 nafar shaxslarga maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqarilib, shundan 398 ta ish boʻyicha 248 nafar shaxsga nisbatan 512 966 988 soʻmlik jarima jazosi, 67 ta ish boʻyicha 67 nafar shaxsga maxsus huquqdan mahrum qilish jazosi, 38 ta ish boʻyicha 39 nafar shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan, 209 ta ish boʻyicha 226 nafar shaxsga maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 33-moddasi qoʻllanilib, 173 shaxsga nisbatan 158 ta maʼmuriy ish harakatdan toʻxtatilgan.
Shundan 61 nafar shaxsga nisbatan 47 ta maʼmuriy ish boʻyicha MJtK ning 21-moddasi qoʻllanilib, ogohlantirish berilgan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 271-moddasi 1-,7- va 10-bandlariga asosan 50 nafar shaxsga nisbatan 49 ta ish harakatdan toʻxtatilgan.
Ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan jarima pullarini majburiy ravishda undirish uchun ijro hujjatlari Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosiga yuborilayapti.
Shuningdek, tuman maʼmuriy sudiga kelib tushgan ommaviy huquqiy munosabatlar kelib chiqadigan 18 ta ishdan 17 tasi qanoatlantirilgan, 1 tasi esa tugatilgan.
Tuman maʼmuriy sudi tomonidan 2019-yilning birinchi yarmida inson huquqlari targʻibotiga katta ahamiyat berilib, sud xodimlari www.amunews.uz veb-saytida 2-marta, tuman televideniyesi orqali 4-marta, “Jayxun sadosi” internet-radiosi orqali 2-marta, “Taraqqiyot koʻzgusi” tuman gazetasi orqali 4-marta chiqishlar qilishgan. Xalq orasida oʻtkazilgan davra suhbatlarida koʻplab fuqarolar ishtirok etishgan.
Joylarda sayyor sud mujlislarining oʻtkazilishi koʻplab qonunbuzarliklarning oldi olinishiga omil boʻlayapti. Joriy yilda tumanda 332 ta ishlar sayyor sud majlislarida koʻrib chiqildi.
M.Karimboyeva, Amudaryo tumani maʼmuriy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶