ZEBOGUL RAJABOVA ShEʼRXONLIK KOʻRIK-TANLOVINING QORAQALPOGʻISTON BOSQIChI SOVRINDORI BOʻLDI
Yaqinda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil qilingan ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) orasida sheʼrxonlik koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Nukus shahri va tumanlarda oʻtkazilgan ushbu tanlovning quyi bosqichi gʻoliblari boʻlgan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari oʻzaro kuch sinashdilar.
Taʼkidlash joizki, oʻzini oʻzi boshqarish organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oʻz xizmat lavozimiga boʻlgan masʼuliyatini oshirish, ularni kitob mutolaasiga koʻproq jalb qilish, kitobxonlik madaniyati yuksalishiga va shu barobarida oʻz hududlarida bu borada yetarli targʻibot olib borishlariga erishish maqsadida tashkil etilgan tanlov badiiy asarlar, sheʼrlar ni eng koʻp sevib oʻqiydigan, zukko va bilimdon ovul va mahallalar oqsoqollarini aniqlagani bilan juda ahamiyatli boʻldi.
Koʻrik-tanlovda tumanimizning Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raisi Zebogul Rajabova ham ishtirok etdi va faxrli uchinchi oʻrinni egallab, tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
U yaqinda joriy yilning dastlabki olti oyi yakunlariga koʻra hududida jinoyatchilik, huquqbuzarlik sodir etilmaganligi , mahallasida sogʻlom maʼnaviy muhit barqaror boʻlganligi uchun tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan ham pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Biz Zebogul Rajabovani qoʻlga kiritgan yutuqlari va mustaqilligimizning 28 yilligi bilan qutlab, kelgusi ishlariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶