ShOGIRDLARIM YuTUFI – MENING BAXTIM
Men 40-sonli maktabda oʻqib yurgan paytlarimda koʻproq adabiyotga va sheʼriyatga qiziqqan boʻlsam ham 1-sonli BOʻSMga qatnab, voleybol bilan shugʻullunishim tufayli sportga mehr qoʻya boshlaganman. Murabbiyim Mardona Qodirovaning menga koʻproq eʼtibor berganligi tufayli voleybol boʻyicha mahoratim oshib, bir qancha musobaqalarda ishtirok etganman.
Keyin murabbiyimning masalahatiga koʻra, Nukus Olimpiya zaxiralari kollejiga oʻqishga bordim. 3-yil davomida ushbu kollejda murabbiyim Maxsuda Yoʻldoshevadan sport sirlarini mukammal oʻrgandim.
Ayniqsa kollejda gimnastika murabbiyi Gulbahor Bobojonova va Nukus shahridagi 2-BOʻSM murabbiyi Nigora Polvonovalardan sportning gimnastika turi boʻyicha oʻrganganlarim menga keyinchalik juda qoʻl keldi.
2009-yilda shu davrdagi tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Xonimjon opa Rajabovaning amaliy yordamlari bilan Mangʻit Iqtisodiyot kollejida badiiy gimnastika toʻgaragini ochdim.
Men 2010-yildan tuman BOʻSMda badiiy gimnastika murabbiyi lavozimida ish boshladim. Oradan koʻp oʻtmay mening shogirdlarim Respublika miqyosida oʻtkazilgan koʻplab musobaqalarda, “Umid nihollari” sport musobaqasining saralash bosqichlarida faol ishtirok qilishib, birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallashga erishdilar. Ulardan Mohira Berdiboyeva, Nurjamol Oʻrolboyeva, Xolida Yoʻldosheva, Nargiza Xalillayeva va Dinora Qurboniyozovalar koʻplab musobaqalarda oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.
Shu yilning fevral oyida Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Qish ertagi” turnirida mening shogirdlarim ham ishtirok etishib, faxrli oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldilar. Shu turnirda Mahliyo Tohirovaga birinchi oʻrinni, Asaloy Ermonovaga ikkinchi oʻrinni egallash nasib qildi.
Shuningdek, shogirdlarimdan 9 nafari joriy yilning mart oyida boʻlib oʻtgan “Nihol” turnirida ikkinchi oʻrinni, 9 nafari Toshkent shahrida iyun oyida oʻtkazilgan “Gʻuncha” turnirida birinchi oʻrinni, 6 nafari Samarqand shahrida oʻtkazilgan ochiq chempionatda birinchi oʻrinni egalladilar.
Men murabbiy sifatida oʻz shogirdlarimning muvaffaqiyatlaridan faxrlanaman. Bu – men uchun baxt.
Maʼmura MATYoQUBOVA,
BOʻSMning badiiy gim-nastika murabbiyi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶