“Adolat – har bir inson uchun!” shiori ostida miting tarzidagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Respublikamiz hududida boʻlajak saylovlarga tayyorgarlik ishlari doirasida siyosiy partiyalar tashabbusi bilan turli tadbirlar oʻtkazilmoqda. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ham dolzarb mavzularda, xalq manfaati, aholi talab-istaklarini oʻzida mujassam etgan shiorlar asosida miting va maʼrifiy-madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.
9-noyabr kuni tumanimizdagi “Istirohat bogʻi”da Oʻzbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi tomonidan “Adolat – har bir inson uchun!” shiori ostida ana shunday saylovoldi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Miting tarzida oʻtgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Nurlibay Qayipbergenov, rais oʻrinbosari Ravaj Oʻtarboyev, tuman Kengashi vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, faollar va barcha koʻngillilar ishtirok etishdi. Unda soʻzga chiqqanlar partiyaning dasturiy gʻoya va maqsadlarini omma orasida keng targʻib qilib, jamiyat hayotidagi boshqa dolzarb masalalar qatorida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini oshirishda partiya oldida turgan vazifalar haqida gapirdilar. Undan tashqari, kelajagimiz bunyodkorlari boʻlgan yoshlarning bilimlarni chuqur egallashi, oʻz iqtidorini rivojlantirishi, aqlan yetuk va jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishi uchun zarur sharoitlar yaratish, mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish borasida partiya faollari va elektorati oldida turgan vazifalar haqida ham soʻz yuritildi.
Tadbir doirasida interaktiv oʻyinlar, sovrinli viktorinalar oʻtkazildi. Partiya hayotiga oid savollardan tashkil qilingan viktorinalarda ishtirokchilar juda katta qiziqish bilan faol qatnashishdi.
Gʻoliblarga partiyaning esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mansur Oʻrozboyev, “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶