69-SONLI MAKTABDA SOBIQ OʻQUVChILARNING UChRAShUV KEChASI OʻTKAZILDI
Joriy yilning 11-noyabr kuni 69-sonli umumtaʼlim maktabida mazkur maktabni 1999-yilda tugatgan sobiq oʻquvchilarning uchrashuv kechasi oʻtkazildi. Uchrashuv kechasida sobiq oʻquvchilar oʻz sinfdoshlari va aziz muallim-ustozlari bilan uchrashib, bundan 20-yil oldingi bolalik va oʻsmirlik davrlarini, oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiya berish yoʻlidagi fidoyiliklarini hamda jonkuyarliklarini esladilar.
Sobiq oʻquvchilar ayni kunda maktabning 1-sinfida taʼlim-tarbiya olayotgan 76 nafar oʻquvchiga rasm daftarlari, rangli qalamlar va ertak kitoblarini hamda maktabga soat sovgʻa qildilar.
Uchrashuv kechasida sobiq oʻquvchilardan Mansur Rajabov, Sardor Boymanov,Sanjar Rahimov, Farhod Qutimov va Qadam Tursunovlar soʻzga chiqishib, yoshlik paytlarida oʻzlariga taʼlim-tarbiya berishda jon kuydirgan va katta hayotga uchirma qilgan ustozlaridan hamisha minnatdor ekanliklarini chin koʻngillaridan izhor qildilar.
Shundan keyin maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktori oʻrinbosari, sobiq oʻquvchilarning sinf rahbari Baxtiyor Xudalashov, sobiq oʻquvchilarning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Jumagul Boltayeva, oʻquv ishlari boʻyicha maktab direktori oʻrinbosari Oʻktam Matniyozov va faxriy oʻqituvchilar Guljon Saʼdullayeva hamda Dilorom Rajabovalar soʻzga chiqdilar.
Uchrashuv kechasida soʻzga chiqqan ustozlar sobiq oʻquvchilarining mustaqil yurtimiz farovonligini yaratish borasidagi harakatlarda faol ishtirok etayotganlaridan nihoyatda mamnun ekanliklari bildirdilar.
69-sonli maktabda oʻtkazilgan ushbu uchrashuv kechasi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶