Milliy liboslarimiz – faxrimiz
Bugungi kunda yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni targʻib etish, ularni “ommaviy madaniyat” taʼsiridan asrash asosiy vazifalardan biriga aylangan.
Zero, “ommaviy madaniyat” ni oʻzida ifoda etib, xorijdan kirib kelayotgan turli kiyim-kechaklar, musiqalar ayrim yoshlarni oʻz taʼsiriga olayotgani tashvishlanarli.
30-oktyabr kuni tumanimizdagi 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti raisi Sayyora Tilovova va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Zamira Xudayberginova, Muyassar Pahmatullayeva, Doʻstlik, Farovon, Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini mutaxassislari bilan hamkorlikda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, “Yoʻl xaritasi”ning 9-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusidagi milliy qadriyatlar va liboslarni qizlar oʻrtasida targʻib etishga qaratilgan tadbir ham yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatlidir.

Qizlar oʻrtasida milliy liboslarni keng targʻib etish, yoshlarning milliy liboslarga hurmatini oshirish hamda kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirni 40-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Zamira Xudayberginova ochib berdi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligi haqida aytib oʻtdi.
Tadbirda 9-10-va 11-sinf oʻquvchi-qizlari tomonidan buvijonlarimiz, onajonlarimiz, momolarimiz kiygan liboslar koʻrgazmasi namoyish etildi.
Maktab xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti raisi Sayyora Tilovova “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusida slayd taqdimot qildi.

buvilarimiz kiygan liboslar gazlamasining tabiiyligi, sogʻliqqa zararsizligi, dizayn jihatidan ochiq, tor emasligi, qulayligi va qaddi-qomatni tik, chiroyli tutishda muhimligi haqida gapirib oʻtdi.
Albatta, atlas, adras va beqasam singari matolardan tikilgan milliy liboslarning koʻrkam va xushbichimligi, oʻziga xosligi, oʻzbek qizlariga yanada koʻrk bagʻishlaydi.
Shuni unutmaslik kerakki, milliy liboslarimiz bizning faxrimiz va gʻururimizdir.
Iroda Erdosheva,
jamoatchi muxbir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶