ŞIFOKORLIK KASBGINA EMAS – FIDOYILIK
Şifokorlik şunçaki kasb emas, fidoyilik – öz halovatingdan keçib, yordamingga muhtoj insonning dardiga malham böliş, azob iskanjasidan qutqarişdir, pok dil, şirin til va teran aql bilan bemorni soğayib keta olişiga işontira oliş, könglida umid uyğota bilişdir.
– Tibbiyotning asosiy vazifasi insonlar umrini uzaytiriş, hayoti sifatini yaxşilaş. Qars – ikki qöldan çiqadi, deganlariday, odamlarning soğlom yaşaşi faqat tibbiyotga emas, ularning özlariga ham boğliq. Biz bölimimizdagi bemorlarni davolaş bilan bir qatorda şular haqida keng tuşuntiramiz, – deydi tuman Tibbiyot birlaşmasi kardiologiya bölimi mudiri Ikromjon Yöldoşev.
Uning şifokorlik faoliyatini boşlaganiga 26-yil bölayapti. Toşkent Tibbiyot oliygohini 1993-yilda tugatgaç, dastlabki faoliyatini Nukus şahrida boşladi, tumanimizga kelib, hudud terapevti, 1994-1996-yillarda markaziy poliklinika kardiologiya xonasi şifokori bölib işladi, 1996-yildan beri esa tuman Tibbiyot birlaşmasining kardiologiya bölimiga mudirlik qilib kelayapti. Asosan 30-öringa möljallangan bölimda yurak işemik, gipertoniya, revmatoid artrit, boş miyada qon aylanişining ötkir buzilişi kabi oğir holatdagi bemorlar davolanadi. Bunday asorati uzoq vaqtga çöziladigan kasallikka qarşi kuraşiş şifokordan sabr-toqat, çuqur bilim va malaka bilan bir qatorda xuşmuomalalikni talab qiladi. Ikromjon bularning uddasidan çiqa olgani uçun ham doimo bemorlarning olqişlariga sazovor bölib kelayotir. Bemorlarni samarali davolaşda unga davolovçi şifokor Şirin Karimova va 16 nafar örta tibbiyot xodimlari kömakdoş bölişayapti.
Keyingi yillarda bölim dorini bemor tomiriga belgilangan muddatda yuboradigan şprits-nasos, bir sutkalik yurak urişini va zöriqqan holatini tekşiradigan, davolaydigan zamonaviy apparatlar bilan taʼminlangani bemorlarga aniq taşhis qöyiş va tezkor davolaş imkonini berayapti. Joriy yil boşidan beri bölimda 1253 nafar bemorlar davolanib, oilasi bağriga qaytdilar. Şunday lahzalarni kuzatgan kişi ularning, oila aʼzolarining Ikromjondan va bölimning barça xodimlaridan behad minnatdor bölib ketayotganiga guvoh böladi. Şu boisdan ham Ikromjon Yöldoşevni köpçilik taniydi, kamtarin va xuşmuomala, fidoyi inson sifatida hurmat qiladi. Şifokor uçun bundan ortiq martaba böladimi?
Biz Ikromjonni yurtimizda 10-noyabr kuni keng nişonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, xalqimiz soğligi yölida tolmas kuç-quvvat tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶