DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANIShDA QULAYLIKLAR YaRATILMOQDA
Aholining hayot darajasini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni rivojlantirish maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini sifat jihatidan yangi darajaga oʻtkazish jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda.
Biznes yuritishda ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish va davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yil 1-iyunidan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qatʼiy nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil boʻyicha olishi uchun sharoit yaratildi.
Bu kabi tartib-tamoyillar aholining hayot darajasini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
Koʻpgina davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi uchun ushbu tartiblar anchagina qulay boʻldi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Masalan, birgina fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlar tomonidan arxiv xujjatlarini, yaʼni fuqarolar nikoh, tugʻilish haqida maʼlumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi maʼlumotlarni doimiy yashash joyidan qatʼiy nazar, istagan Davlat xizmatlari markazlariga borib murojaat qilishlari va belgilangan muddatda maʼlumotlarni olishlari mumkin.
Tadbirkorlik subektlari faoliyatini yanada rivojlantirish va ularga qulayliklar yaratish maqsadida 2019-yil 1-aprel sanasidan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarining ayrim turlari bekor qilingan. Unga koʻra, eksport shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, mol soʻyishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma, yer qaʼri uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligi haqidagi xulosa, voyaga yetmaganlarga moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qiladigan tadbirkorlik subʼektlarining savdo obʼektlari joylashuvi hamda yerlarning barcha toifalarida geologik-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa turdagi qidiruv ishlarini olib borishga ruxsatnomalar shular jumlasidandir.
Umida Saparbayeva,
tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶