28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:53
Salomatlik 👁 724

QOʻLI YeNGIL ShIFOKOR

QOʻLI YeNGIL ShIFOKOR

Bilasizmi, odam joni qil ustida turganini sezganida yo dard juda qattiq azob bergan vaqtidagina sogʻligi qadrini va demakki, hayot qadrini chuqur anglaydi, judayam yashagisi keladi. Bunday vaqtlarda, albatta, salomatlik posbonlari yordamga keladi. Azob iskanjasidan qutqarib, yashash zavqini totishingizga sababchi boʻlgan inson esa nazaringizda koʻzingizga farishtaday koʻrinadi, undan bir umr minnatdor boʻlib yashaysiz.

Bunday holat boshimdan 10-yillarcha oldin oʻtgan boʻlsa-da, shirin soʻzi, muolajasi bilan sogʻlom hayotga qaytargan tuman Tibbiyot birlashmasining nevrologiya boʻlimi mudiri Gulnora Gulmonovadan hamon minnatdor boʻlib yashayman. Ochigʻini aytganda, meningdek undan davo topib, sogʻlom yashayotganlar tumanimizda koʻpchilikni tashkil etadi. Birgina joriy yilning oʻzida 1171 nafar bemor boʻlimda davolanib, sogʻayib oilasi bagʻriga qaytdi. Bu yerda ikki oliy toifali shifokorlar – Gulnora Gulmonova va Rustam Avezovlar, shuningdek, 12 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari mehnat qilishadi.

Nevrologiya boʻlimida asosan bosh miyada qon aylanishining buzilishi, bosh va orqa miya yalligʻlanishlari, insultlar, periferik asab tizimi, psixosomatik va vegitativ nerv tizimi kasalliklari samarali davolanmoqda. Tinmay oʻqib, izlanib malaka va mahoratini oshirib borishga harakat qiladigan Gulnora bemorlarni dori-darmonlar bilan bir qatorda igna terapeyasi usulida ham davolaydi. Bu, albatta, oʻzining ijobiy samaralarini berayapti. Boʻlimdagi jiddiy nevrologik kasalliklarga chalingan bemorlardan ortib, u birlashma boshqa boʻlimlaridagi bemorlarning ham oʻz sohasiga oid kasalliklarini aniqlab, davo muolajalari buyuradi hamda davolanishini nazorat qilib boradi.

Tibbiyot sohasida qariyb 27 yillik ish faoliyatiga ega Gulnora Gulmonova sogʻlikni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga hissa qoʻshish maqsadida ikki yil oldin tumanimizning Toshyop ovulida “Amu shifo med” xususiy ambulator fizio-terapevtik klinikasi faoliyatini ham yoʻlga qoʻydi va klinika xalqimiz sogʻligini saqlashdek ezgu maqsad yoʻlida faoliyat yuritmoqda. Bu yerda davolanib, shifokor Gulnoradan minnatdor boʻlib oilasi bagʻriga qaytayotganlar koʻpchilik. U yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida “Elning eng yaxshi nevrologi” nominatsiyasi uchun oʻtkazilgan tanlovda faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Aslida uning uchun mehnatlari yurtdoshlarimiz tomonidan hurmat bilan tilga olinishi, qoʻli yengil shifokor, deya alqashlari har qanday mukofotlardan ham ulugʻ.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026