Konstitutsiya va qonun ustuvorligi
Bosh qomusimiz-Oʻzbekiston Pespublikasining Konstitutsiyasi oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Bu Konstitutsiya Oʻzbekiston Pespublikasining birinchi Konstitutsiyasidir va hozirgi kunga qadar amalda. Bizning Konstitutsiya haqiqatan ham demokratik Konstitutsiyadir. Tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni oʻzida mujassam etgan hujjat boʻlishi bilan birga Konstitusiyamiz eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan halda yaratilgan. Konstitutsiyada eng avvalo, oʻzbek millatining tarixiy anʼanalari oʻz aksini topgan. Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chogʻda sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, Oʻzbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yoʻldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.
Demokratik davlatning muhim va ajralmas belgisi-bu qonun ustuvorligi sanaladi.
Konstitutsiyamizda ilgari surilgan qonun ustuvorligi xalq hokimiyati va inson huquqlari tushunchalari bilan bevosita bogʻliq prinspdir. Chunki xalq hokimiyati deganda fuqarolarning qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqi tushuniladi. Bosh qomusimizda bularga alohida urgʻu berilgan. Mamlakatimizda Olib borilayotgan islohotlarga nazar solar ekanmiz koʻzlangan maqsadlarimiz zamirida eng avvali ibson va xal mafaatlari yotganiga guvoh boʻlamiz. Oʻzbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasining III bobi ”Konstitutsiya va qonunning ustuvorligi “ deb nomlanib, mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prinsplar boʻlimida joylashgan. Konstitutsiyaning mazkur bobidagi hamda boshqa normalarda mustahkamlangan qoidalarni tahlil qilish quyidagi fikrlarni keltirib chiqaradi: birinchidan Oʻzbekiston Pespublikasida Oʻzbekiston Pespublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Ikkinchidan, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar. Uchinchidan, birorta ham qonun yoki boshqa normative-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Qonun ustuvorligi shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini moneliksiz amalga oshirish, oʻz hayoti, erkinligi, shaʼni , qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari qonunan kafolatlanganligi tufayli tinch, osoyishta, xotirjam, hech qanday tashqi taʼsirlardan, zoʻravonlik va oʻzboshimchalikdan qoʻrqmay yashash imkoniyatini beradi.
Farovon turmushimiz rivojida, Vatanimiz va xalqimiz taqdirida Konstitutsiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Konstitutsiyamizni nafaqat taʼriflaganda, balki qoidalarni moddama-modda roʻyobga chiqarish asosida uni hayotimiz qomusi deb bilishimiz va qadrlashimiz katta ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Pespublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning taʼbiri bilan aytganda: ”Bosh qonunimizni chuqur oʻrganish, anglash, hayotga joriy etish va unga soʻzsiz amal qilish-barchamizning sharafli burchimizdir. ”
Oʻzbekiston Pespublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz manfaati yoʻlida xizmat qiladi. Asosiy qomusimiz hatto insoniyatni qamrab olgan ona tabiat, yer osti va yer usti tabiiy boyliklarigacha qonun himoyasida, chunki u ham inson uchun xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi jamiyatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanishi, inson huquqlari himoyalanishini, mamlakat iqtisodi barqaror oʻsishining mustahkam garovidir.
Shaxnoza Iskandarova, 15-sonli maktabning
tarix-hukuk fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶