YoShLARGA EʼTIBOR – KELAJAKKA EʼTIBOR
Ayni paytda mamlakatimizda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbida mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish hamda rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash masalasiga alohida eʼtibor berilayapti.
Mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yoshlar tarbiyasiga qaratilayotgan bunday eʼtibor amudaryolik yoshlar tarbiyasida ham oʻz aksini topayapti.
Aholisi soni 190 ming nafardan oshgan tumanimizda bugungi kunda 32 mingtaga yaqin xonadon mavjud boʻlib, ulardagi oilalar soni 43000 tani tashkil etadi. Ushbu oilalarda esa 70 ming nafarga yaqin voyaga yetmagan yoshlar tarbiyalanmoqda.
Xozirgi kunda tumanda 86 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʻlib, ularda 38000 nafardan ziyod oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olishayapti.
Tumanda mavjud boʻlgan taʼlim muassasalariga hududiy profilaktika nozirlari birkitilgan boʻlib, ular yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish yuzasidan bir qancha ishlarni amalga oshirishmoqda.
2019-yilning 12 oyi davomida sodir etilgan qonun buzilishlari uchun, 4 nafar voyaga yetmagan va 12 nafar bola tarbiyasiga salbiy tasir koʻrsatuvchi ota-ona profilaktik hisobga olindi. Hozirgi kunda 2 nafar voyaga yetmagan va 10 nafar bola tarbiyasiga salbiy tasir koʻrsatuvchi ota-ona IIBda profilaktik hisobda turadi. Profilaktik tadbirlarning muntazam oʻtkazib borlishi natijasida hisobda turgan voyaga yetmaganlar tomonidan qayta jinoyat sodir qilinishga yoʻl qoʻyilmadi.
Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi, tuman tibbiyot birlashmasi, Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda tumandagi ovul va mahallalarda, taʼlim muassasalarida davra suhbatlari, uchrashuvlar va targʻibot ishlari oʻtkazildi. Ichki ishlar boʻlimi tomonidan hamkorlikdagi xizmat sohalari bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarchlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 188-2 moddasi buyicha 2019-yil 12 oyi davomida 24 marotaba tungi reydlar oʻtkazilib, profilaktik ogohlantiruv ishlari olib borildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining «Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilaktikasi toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik hamda nazoratsizlik, qarovsizlikning oldini olish maqsadida ahloqiy-huquqiy mavzularda uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.
Jahongir YuLDAShEV,
tuman ichki ishlar boʻlimi xodimi, leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶