17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 16:27
Jamiyat 👁 409

Boshlangʻich taʼlimda samaradorlikni oshirish orqali uzluksiz taʼlimning poydevori mustahkamlanadi

Boshlangʻich taʼlimda samaradorlikni oshirish orqali uzluksiz taʼlimning poydevori mustahkamlanadi

Yurtimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar uzluksiz taʼlim tizimini joriy etish, mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirish jarayonining birinchi bosqichida muayyan yutuqlarning qoʻlga kiritilganligi esa sifat bosqichini yanada yuqori koʻtarishga imkon bermoqda.

Taʼlim tizimi samaradorligini oshirish, eng avvalo, oʻquvchining qobiliyatlarini hisobga olish bilan oʻlchanadi. Bu muammoni taʼlim-tarbiya tizimida pedagogika va psixologiya sohasidagi fundamental nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etish, taʼlim sohasida integratsiyalashuv jarayonini tezkor yoʻlga qoʻyish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, fanga nazariy yondashuvni mustahkamlash orqali hal etish mumkin.

Komil inson qiyofasida aks etishi zarur boʻlgan sifatlar sirasidagi ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta oʻzlashtirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar xizmatidan foydalana olish kabi malakalar uzluksiz taʼlim tizimining poydevori hisoblangan boshlangʻich taʼlim jarayonida shakllanadi. Jamiyat taʼlim tizimi oldiga qoʻygan vazifalarning nechogʻli sifatli bajarilishi aynan boshlangʻich taʼlim samaradorligiga bevosita bogʻliqdir.

Maktab hayotining birinchi bosqichi uchun shu narsa xarakterliki, bola sinfdagi va uydagi xulqini nazorat qiluvchi oʻqituvchining yangi talablariga boʻysunadi. Shuningdek, oʻquv fanlarining mazmuniga qiziqa boshlaydi.

Maktabga qadam qoʻyishi bilan bola hayotida muhim oʻzgarishlar sodir boʻladi. U yangi rejimning ayrim muhim odatlarini oʻzlashtiradi, oʻqituvchi va oʻrtoqlari bilan ishonchli munosabatlar oʻrnatadi. Oʻquv materiali mazmuniga nisbatan paydo boʻlgan qiziqish asosida unda oʻqishga boʻlgan ijobiy munosabat mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bola idrokining oʻtkirligi va sofligi, qiziquvchanligi va xayolining yorqinligi hammaga maʼlum. Buni uning  oʻyinida, rasm chizishida, loy va plastilindan narsalar yasashida, oddiy qurish-yasash mashgʻulotlarida yaqqol kuzatish mumkin.

Kichik maktab yoshi davomida bolalarning oʻqishga munosabatida muayyan dinamika kuzatiladi. Dastlab ular oʻqishga umumiy holda ijtimoiy faoliyat sifatida intilishadi. Keyin esa ularni oʻquv ishining alohida usullari jalb etadi. Nihoyat bola oʻquv faoliyatining ichki mazmuniga qiziqib, oʻquv-nazariy vazifalarni aniq- amaliy vazifalarga mustaqil oʻzgartiradi. Qiziqishning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish zamonaviy bolalar va pedagogik psixologiya vazifalaridan biridir. Oʻquv jarayoni va oʻquv fanlariga qiziqish oʻquvchilarning idrok, diqqat, xotira, tafakkur kabi ruhiy jarayonlariga bogʻliq.

Shuhrat ALLANAZAROV, 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019