12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 18:59
Jamiyat 👁 3,979

Oramizdagi odamlar

Oramizdagi odamlar

Muallim

Muallim! Göyo zulmat bağrini yoritib, qöllarida maşʼala tutib yaşaguvçi inson! U haqda söz aytsak, köngillarimiz tozaradi, yayrab ketamiz. Bolalik şöxliklarimizni, özimiz bilan birga ulğaygan ezgu orzularimizni yurak-yuragidan his etib, tuşunib va qöllaguvçi mukarram zot. Quvonçlarimizga butun umr oşno eng samimiy, eng mehribon döst - Ustoz!

Nigohlari teran, kiçik jussali, feʼlida samimiyat bilan qatʼiyat hokim bölgan Saʼdulla aka Sobirov haqida öylaganimizda tasavvurimizda olis öquvçilik yillarimiz jonlanadi. Bolalikning beğubor kunlaridan birida hayotimizga kirib kelgan bu ajoyib insonni bir sinf töla bolalar katta hurmat bilan yaxşi körib qolganmiz.

Saʼdulla aka sinfga kirib kelişlari bilan eng şöx bolalar ham intizomli, hatto muloyim bölib qolişardi. Ustozning darslarini katta eʼtibor bilan tinglardik. Kimyo-biologiya fanidan yomon öqiydigan bolalar ham yaxşi özlaştirişga jon-jahdi bilan intilişardi. Ustoz esa Mendeleyevning davriy sistemasidagi 104 ta elementning har biri haqida möʼjizalar olamidan söz oçgan kabi jonli misollar keltirardilar. Kimyoviy tajribalar ötkazardik birgalikda. Ustozning dars ötiş uslubidami yoki  ovozidami qandaydir sehr borday edi. Saʼdulla akaning darslari adabiyot, hatto şeʼriyat darajasida öquvçini mahliyo qilib qöyardi.

Şundanmi, ustoz qaysi jamoada mehnat qilişidan qatʼiy nazar, eng avvalo öz öquvçilari eʼtiborini qozondilar. 1971-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent Davlat pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini tugatgan Saʼdulla aka Sobirov özining 42 yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab öquvçilarga kimyo va biologiya fanlaridan çuqur bilim berdilar. Tumanimizdagi 16-sonli, 22-, 1-, 38-sonli örta maktablarda, 8-sonli iqtidorli bolalar litsey-internatida tahsil olgan sobiq öquvçilari orasidan önlab el sevgan şifokorlar, kimyo va biologiya fanlari öqituvçilari yetişib çiqdi.

Işda nihoyatda fidoyi, öta kamtar va samimiy bölgan Saʼdulla aka özi haqida umuman gapirişni yoqtirmaydilar. Aslida esa butun ongli hayoti yoş avlod taʼlim-tarbiyasi uçun bağişlangan ustozning nainki hayot yöli, balki har bir soat darsining özi ibrat maktabi. Taʼlim tizimiga kirib kelgan har qanday yangilik hali köpçilikka yetib bormasidanoq Saʼdulla aka Sobirovning darslarida öz aksini topadi. Körgazmali qurollar, innovatsion texnologiyalar, kimyoviy tajriba maydonçalari, laboratoriya maşğulotlari - Saʼdulla Sobirovning dars ötişdagi öziga xos uslubi bölsa, öquvçilar uçun bularning barçasi darsni uzviy özlaştirib borişlari uçun ustoz tomonidan yaratilgan imkoniyat.

-Xalqimizda yaxşi bir hikmat bor, - mamnuniyat bilan sözlaydi ustoz. -«Ustozdan ötmagan şogird şogird emas», - deyişadi. -Hozir özim öqitgan sobiq öquvçilarim ham köplab yoşlarga ustoz.

Darvoqe, Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi nişoni sohibalari Rayhon Qalandarova, Maqsuda Sobirova, şuningdek, Sayyora Yoqubova, Dilnoza Umarova, Komila Yusupova, Nigora Sobirova, Mehribon Abdullayevalar kimyo-biologiya fanlari öqituvçilari, Bahodir Dösimbetov esa 8-sonli iqtidorli bolalar maktabida direktor örinbosari bölib işlamoqda.

Mehnat qilgan elda aziz, deydilar. Öz kamtarin mehnati bilan elda hurmat va eʼtibor topgan Saʼdulla aka Sobirovning fidoyi mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Ustoz «Qoraqalpoğiston Xalq taʼlimi aʼloçisi» kökrak nişoni va Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Faxriy yorliği bilan taqdirlangan.

Oilada mehribon va qattiqqöl ota, mahallada nazarkarda inson bölgan Saʼdulla Sobirovning farzandlari ham el-u yurt hurmatiga loyiq insonlar bölib yetişdilar. Farzandlarining barçasi oliy maʼlumotli. Maqsuda kimyo fani öqituvçisi, öğli Hakimboy el sevgan şifokor, Şahloxon esa xalqaro iqtisodiy aloqalar va diplomatiya institutida, doktoranturada tahsil olmoqda, bölğusi siyosatşunos. Umr yöldoşi Guljon opa Davlatboyeva ham yoşlarning sevimli utozi, nafaqadagi muallima. Böş vaqtlarida möʼjazgina tomorqasida yer çopib, mevali daraxtlar ekib, hatto poliz va sabzavotlardan möl hosil oladigan ustozning mehr bilan işlaşini körsangiz  şunçaki havaskor dehqon emasligiga tan berasiz. Umr yöldoşi Guljon opa boşçiligida kelin-u qizlari tayyorlagan turli xil konserva mahsulotlaridan tatib körsangiz: "bu xonadondagilar bunça pazanda bölişmasa”, - deya havasingiz ortadi. Tillaridan şirin kalom, qöllaridan aslo kitob tuşmaydigan farzandlar, jajji nevaralarning qiş oylarida uylariga körk berib gurkirab ösib yotgan xona gullarini mehr bilan parvarişlab, zavq olganlari-çi! Oilaning hamişa fayzli, oçiq dasturxonidagi tökinlik, qut-baraka – ustoz umrining obodon turmuşi hamda gözal qalbining çiroyli ifodasi. Buni ustoz oddiygina qilib:

- El qatori yaşab yuribmiz-da, - deydilar samimiyat bilan.

Mabodo undan öz kasbi haqida söragudek bölsangiz: -Bu dunyoda yugurib-yelib topgan bor boyligimiz şular, - deydi ustoz sinfni töldirib ötirgan öquvçilariga işora qilib. -Öquvçilarimni bir kun körmasam soğinib qolaman.

Kim uçun moddiy neʼmat - boylik, kim uçun esa maʼnaviy – olam boylik! Saʼdulla akaning boyligi ham, hayot mazmuni ham fayzga töla oilasi, sevimli öquvçilari, maktab va yoş avlod tarbiyasi bilan boğliq kasbi. Ustoz ana şulardan huzur-halovat topadi, köngli tölib yaşaydi. Zero

Hayot degan yöllarda yurib,

Topgan işi - tarbiya, taʼlim.

Maqtanmaydi köksiga urib,

U şundayin oddiy Muallim!

Robiya YÖLDOŞEVA, 

Allambergan JUMANIYoZOV,

"www.Amu news.uz” muxbirlari.

Suratda: Saʼdulla Sobirov turmuş örtoği Guljon Davlatboyeva va nevaralari bilan.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026