ADLIYa BOʻLIMIDA OVUL VA MAHALLALAR RAISLARI IShTIROKIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI
Tuman Adliya boʻlimi tomonidan xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, Prezident Farmon va Qarorlari hamda hukumat Qarorlarining ijrosini taʼminlashda keng jamoatchilik ishtiroki va nazoratini taʼminlash maqsadida huquqiy-targʻibot tarzidagi oʻquv-seminarlar, davra suhbatlari, ovul va mahallalar raislari hamda mutaxassislari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy hamda huquqiy tadbirlar tez-tez oʻtkazilib kelinmoqda.
Tuman hokimligi binosida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashida ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ham Adliya boʻlimi mutaxassislari tomonidan yangidan qabul qilinib, hayotga joriy etilgan Prezident Farmonlari va Qarorlarining mazmun va mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi 4546-sonli “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori va ushbu Qarordan kelib chiqib, oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar, binobarin, xalqimiz hayotiga doir ijtimoiy muammolarga barham berishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish boʻyicha tuman Adliya boʻlimi mutaxassisi Jamshid Bekimbetov batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Oliy Majlis palatalarining qoʻshma Qarori bilan tasdiqlangan “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Nizomning mazmun-mohiyati, xalqimiz hayotidagi ahamiyati boʻyicha yigʻilish ishtirokchilariga keng tushunchalar berildi. Shu barobarida 2020-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran amaliyotga joriy etilgan mazkur qoʻshma Qaror bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan talablarga ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, koʻcha boshchilari tomonidan yetarli ahamiyat berilmayotganiga eʼtibor qaratildi. Toʻy-tantanalar, oilaviy marosimlarni oʻtkazishda ortiqcha dabdababozlikka yoʻl qoʻyilayotgani, joylardagi toʻyxonalarga toʻy egalari tomonidan 2 soatlik toʻy tadbiri uchun toʻlanadigan narxlar asossiz oshirib yuborilayotgani, sanʼatkorlarning aksariyati hamon kuchli ovoz kuchaytirgich uskunalari, fonogramma asosida xizmat koʻrsatayotganlari aniq nazoratga olinishi zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilish yakunida har ikkala muhim hujjat yuzasidan ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barcha savollarga tuman Adliya boʻlimi mutaxassisi Jamshid Bekimbetov atroflicha javob berdi.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶