“YoSh KELIN-KUYoVLAR INNOVATsION MAKTABI”: UNING MAShGʻULOTLARI YoShLARGA MANZURMI?
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman boʻlimida 2019-yilning kuzida “Yosh kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshlagan edi. Unda 2019-yil 3-oktyabrdan 7-dekabrgacha 4 ta guruhda 96 nafar yosh kelin-kuyovlar oila qadriyatlari asosida taʼlim oldilar.
Boʻlgʻusi kelin-kuyovlarga oila saboqlari, huquqiy-iqtisodiy, diniy, psixologik, reproduktiv yoʻnalishlar boʻyicha saboq berildi. Yaqinda “Yosh kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”da taʼlim olgan yoshlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnoma tahlil qilinganda tinglovchilarning 60 foizi ushbu kursga kelishidan avval oilaviy xayot haqidagi saboqlarni yaqin qarindoshlar va oʻqituvchilaridan eshitganligini, 40 foiz yosh oila vakillari esa oilaviy saboqlar haqida umuman eshitmaganligini aytishdi. 100 foiz tinglovchilar esa yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga moʻljallangan mazkur oʻquv kursida oʻqish foydali boʻlganligini qayd etishdi.
Tinglovchilarning 11,4 foizi oila huquqi tushunchasi mavzusi, 27 foiz tinglovchilar diniy mavzu, 25 foizi oila psixologiyasi mavzusi, 37 foiz tinglovchilar esa barcha mavzular oʻzlariga maʼqul boʻlganligini bildirishgan.
Shuningdek, 5 foiz tinglovchilar tadbirkorlik boʻyicha, 30 foizi diniy mavzularni, 10 foiz tinglovchilar salomatlikka oid darslarni oʻrganishni va 48,9 foizi barcha mavzularni hamda oila psixologiyasini koʻproq oʻrganish istagi borligini maʼlum qilishgan.
Shunisi eʼtiborga molikki, 100 foiz tinglovchilar olgan bilimlari foydali boʻlganligini taʼkidlash bilan birga oʻquv kursi yosh kelin-kuyovlarning oʻzaro munosabatlari yaxshilanishiga, bir-birlarini koʻproq oʻrganishlariga yordam bera oladi, deya fikr bildirishdi.
Oʻtkazilgan soʻrovnomada tinglovchilarning ota-onalari ham oʻz fikrlarini izhor etishgan va oʻquv kursi mashgʻulotlariga ijobiy baho berishib, yoshlarni yanada kengroq qamrab olish zarurligini qayd etishgan. Yoshlar esa “Yosh kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”ni yanada kengaytirish zarurligi va mashgʻulotlarga barcha yosh kelin-kuyovlarni jalb etish foydali boʻlishi haqidagi taklif va istaklarini kiritishdi.
Demak, tumanimiz yoshlari uchun ushbu maktab mashgʻulotlari zarur va bu mashgʻulotlar orqali yosh kelin-kuyovlar hayotga teran nazar bilan qarash orqali oʻz oilalariga mehr-oqibatli boʻlishni oʻrganishmoqda. Mehr-oqibat esa oila mustahkamligining birdan-bir mezonidir.
G.Yusupova,
“Oila” markazi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶