17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 19:23
Jamiyat 👁 640

HAYoTDA HAMMANING HAM EMIN-ERKIN YaShASh HUQUQI BOR

HAYoTDA HAMMANING HAM EMIN-ERKIN YaShASh HUQUQI BOR

Sud idoralari tomonidan sudlov jarayonida qonun va adolat ustuvorligini taʼminlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, ochiq tarzda oʻtkazilayotgan sayyor sud majlislari fuqarolarni yanada hushyor va ogoh boʻlishga chaqirmoqda.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi binosida shu yilning 5-fevralida yoʻl-transport hodisasiga doir jinoyat ishini muhokama etishga bagʻishlangan ochiq sud majlisi boʻlib oʻtdi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs otasi nomida boʻlgan avtomashinani ishonchnoma orqali boshqarib borayotib, yoʻl-transport hodisasiga sababchi boʻlgan. Voqea 2019-yil 25-sentyabr kuni “Qipchoq-Mangʻit-Turkmaniston” chegarasigacha boʻlgan magistral yoʻlining Bosuv mahallasi hududida sodir boʻldi. Bu paytda haydovchi mashina tezligini meʼyoridan  oshirganligi sababli, ushbu yoʻlni piyodalar oʻtish joyi yaqinidan yoʻlning sharq tomonidan gʻarb tomoniga kesib oʻtayotgan keksa ayolni va uning nevarasini avtotransport vositasining old chap tomoni bilan urib yuborgan. Natijada piyoda ayol hodisa joyida vafot etdi, voyaga yetmagan nevarasi esa tan jarohati olib  kasalxonada yotib davolandi.

Bu bilan haydovchi amaldagi yoʻl harakati qoidalarining 11-bandidagi “Transport vositasining haydovchisi harakatlanish jarayonida piyodalar, ayniqsa, bolalar, qariyalar va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga majburdir”, 77-bandidagi “Haydovchi harakatning  serqatnovligini, transport  vositasi va yukning  xususiyati hamda holatini, yoʻl va ob-havo sharoiti, shuningdek, harakatlanish yoʻnalishidagi koʻrinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilanganidan oshirmasdan boshqarishi kerak”, deb koʻrsatilgan talablariga xilof ravishda harakat qilgan. Shuningdek, 109-bandidagi “Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismini kesib oʻtayotgan piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki toʻxtashi shart” deb koʻrsatilgan qoidani ham qoʻpol  ravishda buzgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan oʻtkazilgan ochiq sud majlisida haydovchining yoʻl qoʻygan xatolari batafsil muhokama etildi. Bunda uning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi, biroq aybiga toʻliq iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligi, oilaviy ahvoli, jabrlanuvchining qonuniy vakilining kechirim berganligi inobatga olinib, aybiga yarasha jazo tayinlandi.

Sud majlisida bu kabi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish yuzasidan fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Yoʻl-transport hodisalari baʼzan begunoh odamlarning hayotdan koʻz yumishiga, baʼzan bir umr nogiron boʻlib qolishiga sabab boʻlayotganligi, emin-erkin yashashga hammaning ham haqqi bor ekanligini unutmaslik lozimligi taʼkidlandi.

S. Davletmurodov, Jinoiy ishlar boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019