“El desa Navoiyni” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda uluğ şoirga ehtirom körsatildi
Alişer Navoiy! Bu nom qaysi davrada, qanday minbarda yangraşidan qatʼiy nazar, barça uçun sevimli, aziz. Çunki yer yuzida özbek degan buyuk millatni ana şu nom bilan bilguvçi davlatlar, el-u elatlarda ham Navoiy, desalar qalblarida ezgu tuyğular junbuşga kelguvçi, Navoiy dahosiga yuksak ehtirom bilan yaşaguvçi insonlar bisyor. Mamlakatimizda uluğ şoirga ehtirom, şoirning bebaho merosiga muhabbat har bir vatandoşimiz uçun şon-şaraf, faxrdir.
Yurtimizning barça hududlarida ayni kunlarda bölib ötayotgan A.Navoiy tavalludining 579 yilligiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbirlarda ham uluğ şoir dahosiga beqiyos katta hurmat va eʼtibor, ehtirom körsatilmoqda.
9 fevarl – Alişer Navoiy tavalludi kuni munosabati bilan 22-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan adabiy-musiqiy tadbirda öquvçi-yoşlarning Navoiy asarlarini qay darajada özlaştirayotganlari, şu barobarida Navoiy asarlaridan olgan taassurotlari turli sahna körinişlari, şoir ğazallari, ruboiy va tuyuqlari, masnaviy hamda muxammaslari talqinida öz ifodasini topdi.
Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Nasiba Matsafoyeva rahbarligida taşkil etilgan, “El desa Navoiyni” deb nomlangan tadbirning maʼnaviy-maʼrifiy qismida 9-sinf öquvçilari ikki guruh bölib özaro bellaşdilar. Öquvçilar Alişer Navoiyning nihoyatda insonparvar, vatanparvar, elparvar şaxs sifatida yuksak obrö-martabaga erişganligini sahna körinişlari orqali körsatib berdilar.
Yirik davlat va jamoat arbobi sifatida qilgan bunyodkorlik işlari, madrasa talabalari uçun öz hisobidan nafaqalar ajratib, ularni darsliklar bilan taʼminlagani, kutubxonalar, maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari, köpriklar hamda masjidlar qurib, yetim-yesirlarga, ehtiyojmand insonlarga körsatgan beminnat yordamlari xususida öquvçilar havas va hayrat, iftixor bilan sözladilar.
Tadbirning adabiy-badiiy qismida Çoyköl madaniyat markazi xodimi Rahima Xudoyberganova sözga çiqib, maktab öquvçilarining Navoiy dahosiga yuksak ehtirom ila taşkillaştirgan uşbu tadbiri jamiyatimizda Navoiy asarlarining bilimdonlari safi oşişiga xizmat qilişini taʼkidladi. Şu bilan birga navoiyxonlik keçalarini taşkil etiş anʼanaga aylangani yoşlarning ongu tafakkurini yuksaltiriş, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaşga xizmat qilayotganini sözladi. Öz örnida taʼlim dargohlarida ötkazilayotgan bu kabi xayrli işlar uluğ mutafakkir asarlari mazmunini çuqur anglaşga, yoşlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaşga, mehr-oqibat va özaro hurmat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qilişini ham aytib ötdi.
Şundan söng, öquvçi-yoşlar “Navoiy va Guli”, “Navoiy va Husayn Boyqaro” adabiy kompozitsiyalarini mahorat bilan ijro etişdi. Navoiy ğazallari, ruboiy va tuyuqlari asosida bahri-baytlar aytişib, tadbirga fayz bağişladilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶