17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 19:55
Jamiyat 👁 432

MAHALLALARDA IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHITNI SOGʻLOMLAShTIRIShGA DOIR YIGʻILIShLAR BOʻLIB OʻTDI

MAHALLALARDA IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHITNI SOGʻLOMLAShTIRIShGA DOIR YIGʻILIShLAR BOʻLIB OʻTDI

Shu yilning 12-fevralida tumanimizning Amir Temur nomli va Doʻrman ovullarida mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish hamda chegara oldi hududida yashash tartib-qoidalarini aholiga yetkazishga bagʻishlangan yigʻilishlar boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Amudaryo tuman boʻlinmasi xodimlari S.Savetov, S.Beshimov, tuman hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi O.Shomurodov, tuman hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha bosh mutaxassisi J.Yoʻldoshev, tuman Ichki ishlar boʻlimining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili O.Bekjanov, 9202-“D” harbiy qism komandiri E.Joʻraboyev, tuman bosh imom xatibi A.Matsafoyevlar, shuningdek, ovul fuqarolar yigʻinlari maʼsul xodimlari, profilaktika inspektori, mahalla faollari, koʻcha boshchilari ishtirok etdilar.

Amir Temur nomli ovulda boʻlib oʻtgan yigʻilishni    yigʻin raisi O.Yusupov ochdi va olib bordi. U oʻz soʻzida soʻnggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan aholi farovonligini oshirish boʻyicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilinganligini aytib, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biriga aylanganini aytib, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni mustahkamlash, “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, insonparvarlik, ezgulik va tinchlikni qadrlash, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash ham asosiy vazifalardan biri ekanligini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng, soʻzga 9202-“D” harbiy qism komandiri E.Joʻraboyev chiqib, shaxslarning chegara oldi zonasiga kirishi, undan chiqishi, oʻtishi, u yerda boʻlishi, yashashi, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi asosida amalga oshirilishi, chegara oldi mintaqasiga kirish va undan chiqish, oʻtish, u yerda vaqtincha boʻlish, yashash, harakatlanish chegara qoʻshinlarining ruxsatnomasi asosida amalga oshirilishi toʻgʻrisida tushuntirib oʻtdi.

Doʻrman ovulida ham xuddi shu masala yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishni ovul fuqarolar yigʻini raisi A.Yusupov ochdi va olib bordi. U keyingi yillarda ovulda aholi yashash sharoitini yaxshilash, yoshlarning bandligini taʼminlash orqali ularni yot gʻoyalardan asrash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va jinoyatchilik, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi. Shuningdek, mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish hamda chegara oldi hududida yashash tartib-qoidalarini aholiga yetkazish toʻgʻrisida 9202-“K” harbiy qism komandiri A.Ravshanov gapirdi.

Soʻngra, soʻzga tuman hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi O.Shomurodov chiqib, chegara oldi mintaqasi yaqinidagi yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda u yerda boʻlish chegara qoʻshinlarining ruxsatnomasi asosida amalga oshirilishini tushuntirib, aholini “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida” Qonuni tartib-qoidalariga rioya etishga chaqirdi.

Shuningdek, soʻzga tuman bosh imom-xatibi A.Matsafoyev chiqib, mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmga qarshi maʼnaviy-targʻibot faoliyatini yanada kuchaytirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ijtimoiy-iqtisodiy hamda din sohasidagi olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish kerakligini aytib,soʻnggi yillarda yurtimizda diniy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilish soʻnggida soʻzga “Doʻrman” ovul fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori J.Saparboyev chiqib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, yoshlarning tungi paytlarda ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz yurishlarining oldini olish hamda chet davlatlarga ishlash uchun chiqib ketayotgan fuqarolarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.
 Yigʻilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

O. Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019