BOBUR – BARHAYoT SIYMO
Zahriddin Muhammad Bobur haqida, Boburiylar saltanati va sulolasi, “Boburnoma” va Bobur sheʼriyati toʻgʻrisida juda koʻplab asarlar yaratilgan. Maktab darsliklari orqali ham oʻquvchilar bu buyuk zot haqida keng doiradagi bilimga ega boʻlib kelmoqdalar.
Bobur haqida dunyoning eng martabali nashrlarida ham batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda. Taniqli olimlar, yozuvchilar Bobur asarlarini oʻqib-oʻrganishdan charchamaydilar. Bobur haqida yangidan-yangi buyuk asarlar yaratilmoqda.
Yapon olimi Eyji Mano, amerikalik olim S.M.Berk, ingliz adibasi Rumer Goden, nemis olimi va yozuvchisi Frits Vyurtne Boburning buyuk shaxs boʻlganligini aytib, uning asarlariga juda yuqori baho berishgan.
Zahriddin Muhammad Bobur otasi Umarshayx Mirzo vafotidan keyin oʻn bir yoshida taxtga oʻtiradi.
Uning hayoti jangu-jadallarda, keskin qarama-qarshiliklar girdobida oʻtdi. Lekin u shunchalik qiyinchiliklarga qaramay davlat ishi bilan bir qatorda ijod qilishni ham toʻxtatmadi. Uning qalamidan bunyod boʻlgan gʻazallar adabiyotsevar kishilar uchun qanchalik qadrli ekanligi sir emas. Uning tarixiy “Boburnoma” asari oʻz ona tilida yozilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Bobur buyuk davlat arbobi hamdir. U Hindistonda buyuk saltanat qurdi. Maʼrifatparvar inson sifatida mamlakatdagi buyuk imorat – Tojmahalni qurdi. Bilim, ijod ahliga rahnamolik qildi.
Zahriddin Muhammad Bobur bosib oʻtgan hayot yoʻli, asarlaridagi ilgari surilgan gʻoyalar bugungi kunda ham barchamizga ibrat boʻlib kelmoqda.
Har yili 14-fevral barcha joylarda boʻlgani kabi bizning 63-sonli umumtaʼlim maktabida ham keng turda nishonlab oʻtiladi.
Maktabimizning 8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Bobur barhayot siymo” mavzusida adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Kechada oʻquvchilar Bobur hayotiga oid savol-javoblar, krossvord yechish shartlari boʻyicha bellashishdi.
Bobur hayotidan lavhalar doirasida sahna koʻrinishlari ijro etildi.
Kechada 8-sinf oʻquvchilaridan Shahzod Xoʻjaboyev, Iroda Bozorboyeva, Xudoybergan Nurimbetov, Shahzoda Fayzullayevalar oʻzlarining bilimdon ekanliklarini namoyish etdilar.
Nargiza ABDURAHMONOVA,
63-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶