Senator Sharof Usnatdinov tumanimizga tashrif buyurdi
Shu yilning 25-fevral sanasida tumanimizga Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, senator, taniqli jurnalist, isteʼdodli ijodkor, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi xalq yozuvchisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Sharof Usnatdinov tashrif buyurdi.
Mehmon dastlab tumanimizning obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga oʻz hissasini qoʻshish maqsadida Gulzor mahallasi hududida tuman yoshlari bilan birgalikda yangi archa koʻchatlarini ekish ishlarida ishtirok etdi.

Shundan soʻng Sharof Usnatdinov 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida tumanimiz yoshlari bilan boʻlgan uchrashib, samimiy suhbat olib bordi.
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, Sharof Usnatdinov mamlakatimizning rivojlanishi va gullab-yashnashi yoʻlida oʻzining bor bilimi va tajribasini, isteʼdodini, bir soʻz bilan aytganda, oʻz hayotini bagʻishlagan fidoyi insondir. U qanday lavozimda ishlamasin, shu el uchun, xalq farovonligi va Vatan taraqqiyoti uchun jonini ham ayamay mehnat qildi. Uning insoniy fazilatlari, bosib oʻtgan hayot yoʻli yoshlarimiz uchun haqiqiy ibrat maktabi boʻla oladi.

Sharof Usnatdinov bir necha gazetalar tahririyatilari, Qoraqalpogʻiston teleradio qoʻmitasi, nashriyot va teatrda masʼul rahbar lavozimlarida ishlab, xalqimizning maʼnaviy dunyosini yanada boyitishga munosib hissa qoʻshdi. Qolaversa, bir qator davlat va jamoat tashkilotlariga rahbarlik qilib, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga hissa qoʻshib kelmoqda, xalqimiz ishonchini qozonib, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati hamda Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi qilib saylangan.

Mehmon yoshlar bilan suhbat chogʻida inson komillikka erishishining yagona yoʻli kitob oʻqish, ilm oʻrganish ekanligini, haqiqiy qunt bilan egallangan bilimgina insonni yuksaklikka koʻtarishini, kitob bilan doʻst tutingan inson hayotda munosib oʻrnini topa olishini taʼkidlab, yoshlarni umrining har bir soniyasidan unumli foydalanishga hamda kitob oʻqib, ilm olishga daʼvat qildi.

Shundan keyin tuman hokimligining kichik majlislar zalida tuman faollari, nuroniylar, deputatlar va yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Senator oʻz nutqida haqiqiy xalqparvar deputat qanday boʻlishi lozimligi, deputatlarning xalq hayotidagi oʻrni va ahamiyati haqida, shuningdek, keksalar va nuroniylarni eʼzozlash lozimligi, ularning yosh avlod tarbiyasida, oilalar mustahkamligini taʼminlashda ibratli hayot yoʻlidan saboq olish lozimligi haqida yigʻilganlar bilan fikr almashdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶