MULTFILMLAR BOLAJONLARGA FOYDALIMI YoKI ZARAR?..
Aslida multfilmlar bolalarning tasavvur doirasini boyitishga xizmat qilishi kerak. Hozirgi multfilmlarda tasavvurni boyitish ertaklarga qiziqtirish maqsadi bilangina cheklanib qolmoqda. Kuzatuvlar shuni koʻrsatadiki, gʻarb multfilmlaridan agressivlik juda boʻrttirib ifodalaniladi.
Oʻylab koʻring, bir personaj ikkinchisini oʻldiradi. Butun bir asar shu asosga quriladi. Jang sanʼatini oʻrgatuvchi multfilmlar undan mustasno, ularda harqalay hayotiy falsafa - ichki xotirjamlikka erishish, yomonlik ustidan gʻalaba qozonish kabi tushunchalarga urgʻu beriladi. Lekin oʻldirish, qirib tashlash, gʻirromlik bular bolaga nima beradi. Kuldiradimi? Ezgulikka chorlaydimi? Xulosa qilib aytganda, farzand tarbiyasida ular tomosha qilayotgan multfilmlarning oʻrni nihoyatda katta. Shu bois ushbu masalaga jiddiy eʼtibor qaratish har bir ota-onaning asosiy vazifasi boʻlishi kerak.
Bu esa ota-onaning farzand oldidagi, el-yurt oldidagi burchini toʻla anglashini, insonning dunyoga kelishi va kamol topishi rivojlanishiga oid qonuniyatlarni puxta bilishini, oilaviy munosabatlar doirasidagi milliy urf odatlar va anʼanalarimizning eng nodirlarini turmushga singdirish orqali bolalarda milliy qadriyatlarga mehr-muhabbat uygʻotish ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.
Multfilmni yaxshi koʻrmaydigan bola boʻlmasa kerak. Ularning sehrli olamiga shoʻngʻib ketib, gohida kichik qahramonlarga taqlid qilishayotgan bolalarni uchratamiz. Bundan baʼzan koʻnglimiz toʻlsa, baʼzan jiddiy tashvishga tushib qolamiz. Chunki xorijiy ayrim multfilmlar xalqimizning mentalitetiga, asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga mutlaqo zid ekanligini koʻrib hushyor tortamiz. Milliy multfilmlarning son va sifat jihati esa bolalar talabi darajasida emasligi yanada tashvish tugʻdirmoqda.
Bolalarda yoshlikdan xalq va yurt taqdiri uchun fidoyilik tuygʻusini shakllantirish ahamiyatga ega. Albatta, multfilm ertak oʻrnini bosa olmaydi, ertaklar ildizlari juda qadimiy boʻlib, ular umrboqiy asarlardir. Multiplikatsiya esa ancha keyin paydo boʻlgan. Multfilmlar ertakni tom maʼnoda toʻldirishga xizmat qilishi kerak.
Sarvinoz KARIMOVA,
31-sonli maktab amaliyotchi psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶