Vatanimiz tarixini oʻrganishni muzeylardan boshlaylik
Yoshlarga vatanimiz tarixini oʻrgatishda muzeylarning oʻrni beqiyosdir. Xitoyning buyuk faylasufi Konfutsiy «Eshitsam unutaman, koʻrsam eslab qolaman, ushlab koʻrsam yodimda qoladi», deb aytganidek, muzeylarning oʻlkamiz tarixini oʻrganishda xizmati kattadir. Shuni eʼtiborga olib va maktabimiz oʻquvchi yoshlarining darsdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida hududimizda joylashgan muzeylarga sayohatlar uyushtirish rejalashtirilgan edi.
Rejaga muvofiq 18-fevral kuni maktabimiz direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Rahimboyev rahbarligida Nukus shahrida joylashgan I.V.Savitskiy nomidagi badiiy-sanʼat muzeyiga sayyohat uyushtirildi.

Muzey xodimlari bizni iliq kutib olishdi. Muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bizga xodim biriktirildi. Muzeydagi bir-biridan betakror eksponatlar, muzeyni tashkil qilgan jonkuyar inson I.V.Savitskiy hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlar oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shu kuni tumanimiz hududidagi “Chilpiq” qoʻrgʻoniga ham sayohat qildik. Qoʻrgʻon tarixi haqidagi maʼlumotlar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Biz barcha yoshlarni vatanimiz tarixini oʻrganishni muzeylardan boshlashga chaqiramiz. Zero, bu yerdagi olinadigan taassurotlar bir umr inson xotirasida qoladi.
Rajabboy Madrahimov, 72-sonli umumtaʼlim maktabi tarix fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶