ZARARLI ORGANIZMLARDAN XOLI ISSIQXONALAR QIShDA HAM BOZORLARIMIZNI SIFATLI SABZAVOT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLAYDI
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida dehqon-fermerlarimiz yerdan unumli foydalanib, undan moʻl va sifatli hosil olishga harakat qilishmoqda. Jumladan, issiqxonalarda turli sabzavot mahsulotlarini yetishtirish ishlari samarali olib borilmoqda.
Bu jarayonlarda oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish alohida ahamiyatga ega. Chunki, issiqxonalar har qanday zararkunanda va kasalliklarning tez tarqalib, tez rivojlanadigan maskani hisoblanadi. Shu bois, bugungi kunda Oʻsimliklar karantini agronom-inspektorlari tomonidan issiqxonalarda karantin tadbirlari oʻz vaqtida uzluksiz ravishda olib borilmoqda.
Yaqinda tumanimizdagi “Mangʻit invest Plyus” MChJga qarashli pomidor ekilgan issiqxona karantin koʻrigidan oʻtkazildi. 1 gektar maydonni egallagan mazkur issiqxonada hozirgi kunda pomidor mahsuloti pishib yetilib, qoʻshni Qozogʻiston Respublikasiga eksport qilinmoqda.
Oʻsimliklarning zararlanishiga bir nechta omillar sabab boʻlishi mumkin. Masalan, tuproqqa yetarli darajada kimyoviy va texnik ishlov berilmasa, tuproqning zararlanishiga olib keladi. Bu esa oʻsimlikning oʻsib, rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, urugʻ va nihollarni tanlash va ekishga ham alohida ahamiyat qaratish zarur boʻlgan tartib-qoidalarga amal qilish sifatli mahsulot yetishtirishga zamin yaratadi. Shuning uchun issiqxona ichini profilaktik kimyoviy uslubda karbofos preparati bilan zararsizlantirish boʻyicha tushuntirish ishlarini yuritmoqdamiz.
Sohada olib borilayotgan mana shunday saʼy-harakatlar natijasida hududda fitosanitar xavfsizlik taʼminlanmoqda. Zero, oʻsimliklar karantiniga oid qoidalar va talablarning ijrosi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini va hosildorligini taʼminlaydi. Buning natijasida qishda ham bozorlarimiz sifatli sabzavot mahsulotlari bilan toʻla boʻladi.
Ravshanbek Xodjayev.
tuman Oʻsimliklar karantini agronom-inspektori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶