29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:03
Iqtisodiyot 👁 530

Issiqxonalar – qishda ham dasturxonimiz toʻkinligi garovi

Issiqxonalar – qishda ham dasturxonimiz toʻkinligi garovi

Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, qishloq mulkdorlari safini koʻpaytirish orqali oilalar daromadini oshirishdan iboratdir. Qishloq xoʻjaligi – xalqni boqadigan, toʻkinchilikni taʼminlaydigan, pirovardida esa mamlakat eksport salohiyatiga zalvorli taʼsirini koʻrsatishga qodir tarmoqdir. Millionlab oilalarning tomorqa yerlaridan yiliga 2-3-marta hosil olish, hattoki qish faslida ham issiqxonalar tashkil qilib, yil davomida yerdan unumli foydalanish imkoniyati mavjud. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish va dunyoda yuz berayotgan oziq-ovqat muammosining oldini olishda bu imkoniyat nihoyatda ahamiyatlidir.

Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda nafaqat qishloqlarda balki, shahar hududlarida ham dehqonchilik qilish ommalashdi. Bugun har bir qarich yerdan unumli foydalangan holda moʻmay daromad olayotgan yurtdoshlarimiz safi kengayib bormoqda. Ular orasida oʻz tomorqasida issiqxona qurib, qahraton qishda ham har xil mahsulotlar yetishtirayotgan va oilasiga qoʻshimcha daromad olib kelayotgan tomorqachilardan tashqari issiqxona xoʻjaligi sohasida yirik biznes subʼektlari tashkil qilib, hududlarning eksport salohiyati oshishiga sezilarli taʼsir koʻrsatayotgan ishbilarmonlar ham bor. Bunday yirik issiqxonalarda mavsumdan tashqari noqulay iqlim sharoitida ham ekinlarga sunʼiy muhit, harorat, yorugʻlik va namlik meʼyorida yaratilib, moʻl hosil yetishtirilmoqda.

Shunday issiqxonalardan biri Amudaryo tumanining Tosh yop ovulida joylashgan “Mang‘it Invest Plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonaga tegishli boʻlib, bu yerda yil boʻyi pomidor va boshqa ekinlar ekilib, moʻl hosil olinmoqda.

Mazkur issiqxona 2018-yilda tadbirkor Jalgʻas Boymuratovning tashabbusi bilan tashkil qilingan. Jalgʻas Boymuratov Jahon tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit mablagʻi olib, oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan. 1 gektar maydondagi issiqxonada pomidor yetishtirilib, aholini arzon va sifatli mahsulot bilan taʼminlab kelinmoqda. Zamonaviy issiqxona oʻnlab ovul yoshlarining bandligini taʼminlashda muhim vosita boʻldi. Hozirda ham bu yerda 12 nafar ishchilar faoliyat yuritmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan issiqxonada barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda boshqariladi. Tomchilatib sugʻorish tizimi orqali ozuqa eritmalari oʻsimlik ildiziga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beriladi. Tuproqdagi kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, tuproqni ekishga tayyorlash, yerni organik oʻgʻitlar bilan boyitish, unga ishlov berish, sugʻorish uchun egatlar ochish, mineral oʻgʻitlar sepish, begona oʻtlarga qarshi kurashish tadbirlari issiqxonada ancha kam mehnat talab qiladi. Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi yuqori boʻlib, suv 60-70 foiz tejaladi. Eng asosiysi, bunday issiqxonalar hosildorligi oddiylariga nisbatan ancha yuqori.

Bugungi kunda issiqxonada asosan “Yulduzcha” navli xitoy pomidori yetishtiriladi va ichki bozorga, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tumanlar, qoʻshni viloyatlar bozorlariga yetkazib berilib, Qozogʻiston Respublikasiga eksport qilinadi. Ekinlardan har yili 2-marta mavsumiy 80 tonnagacha va mavsumdan tashqari 40 tonnadan ortiq hosil olinadi. Albatta, bu mehnat va harakatchanlik samarasidir.

Bu kabi issiqxonalar koʻpayishi va shunday tashabbuskor ishbilarmonlar safining ortishi xalqimizni sifatli va arzon narxlardagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil davomida uzluksiz taʼminlash va aholi bandligini taʼminlash, oilalar daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Iroda Erdosheva, QDUning jurnalistika fakulteti talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026