Arzon uylar DXM orqali berilishi boshlanmadi – bu umuman boshqa masala!
Hurmatli fuqarolar, maʼlumki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF–5886-son Farmoniga muvofiq 2020-yil 1-martdan boshlab DXMlar yoki my.gov.uz portal orqali fuqarolarga subsidiyalar berish uchun ariza qabul qilish nazarda tutilgan.
❗️Subsidiyalar maʼlum toifadagi fuqarolar uchun uylarni BOZOR NARXIDA xarid qilishga beriladi. Yaʼni, arzon uylarga hech qanday aloqasi yoʻq.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qaroriga asosan 2017 – 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida talabgorlarni tanlash boʻyicha tuman (shahar) hokimligi huzuridagi komissiya subsidiya tayinlash bilan shugʻullanmaydi.
❗️Lekin, Farmon chiqishi bilan arzon uy-joylar dasturi yopilmagan! Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari boʻyicha qonunchilikda oʻzgartirish kiritilmagan. Shu sababdan, ADAShTIRISh KERAK EMAS.
Arzon uy-joy uchun NAVBATlaringiz DXMlar orqali oʻzgartirilmaydi,
Markazni bu masalaga aloqasi yoʻq. Mazkur masalada mahalliy hokimiyatlarga murojaat etish lozim.
Endi subsidiya haqida qisqacha:
Farmonga koʻra ushbu subsidiyalar kam taʼminlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
❗️Farmonda subsidiya toʻlash sxemasi koʻrsatib oʻtilgan.
Biroq, subsidiya tayinlash uchun fuqarolar aniq mezonlar doirasida tanlab olinadi va ulardan ariza bilan birga maʼlum hujjatlar jamlanmasini taqdim etish talab qilinadi.
Ushbu MEZONLAR, aniq muddatlar va tasdiqlovchi HUJJATLAR jamlanmasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanishi kerak va ShUNDAN SOʻNGGINA (❗️❗️❗️) ushbu xizmat toʻliq ishga tushiriladi.
Biroq, hozirda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Markazlarda ariza qabul qilish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror qabul qilingandan keyin subsidiya oluvchilarni tanlab olish mezonlari tasdiqlanadi. Faqat qaror chiqishini kutish kerak.
Tushunishingizni soʻraymiz!
P.S. Subsidiyani toʻlash mezonlari tasdiqlanganidan soʻng, https://t.me/davxizmat rasmiy kanalimizda bu haqida zudlik bilan maʼlumot joylashtiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶