ÖZBEKNING ZULFIYaSIGA EHTIROM KÖRSATILDI
Har yili bahorning ilk kuni – 1-mart mamlakatimizda ajib ohanglarga töla tadbirlar bilan kutib olinadi. Göyo şu kundan yaşnaş va yaşariş fasli – gözal bahorga monand tuyğular uyğonadi dillarda. Albatta, bu tuyğular Özbekning asl farzandi, baxt va mangu bahor, yoşlik kuyçisi Zulfiyaxonim nomi, şarafi bilan boğliq. Mamlakatimizning barça öquv muassasalarida, ijodiy jamoalarda, ovul va mahallalarda davralar kengdan olinib, şeʼriyat keçalari, muşoiralar biri-biriga ulanib ketadi. Atlas-u adraslarga burkangan zebo qizlar, hatto jajji qizaloqlarning “Zulfiyaxonim izdoşiman” deb şeʼr öqişlarini körsangiz, qalbingizda havaslar uyğonadi. Beixtiyor bu şeʼriyat davralariga qöşilib, jarang soçayotgan nazmiy ohanglardan bahra olasiz.
“Zulfiya – bahor kuyçisi” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirni katta iştiyoq bilan tayyorlagan 75-sonli umumtaʼlim maktabining özbek tili va adabiyot fani öqituvçilari Gulasal Matkarimova hamda Şahlo Aytboyevalardan nafaqat maktab jamoasi, balki öquvçilarning ota-onalari ham minnatdor bölişdi.
Avvalo şuni alohida qayd etiş kerakki, tadbirda Zulfiya ijodi, hayoti va faoliyatiga doir körgazma taşkil etildi. Şoiraning kitoblari, şoira asarlari asosida tayyorlangan adabiy-badiiy sahna asarlari haqida hikoya qiluvçi körgazma iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Asqar Matmurodov oçdi hamda Zulfiyaxonimning maşaqqatli, lekin şarafli hayot yöli haqida öquvçilarga sözlab berdi. Maktabning 7-sinf öquvçi-qizlari ijrosidagi “Bahor valsi” raqsi bilan boşlangan tadbirda 11-sinf öquvçilari Şohida Hayitboyeva va Laylo Örozimbetovalar Nodirabegim hamda Zulfiyaxonim siymolarida namoyon bölişib, özbekning ikki buyuk şoirasi ijodidan namunalar öqidilar.

Şundan söng, 8-sinf öquvçilari Zulfiyaxonimning suronlarga töla hayot va ijod yöli haqida, şoiraning matonati, jasorati hamda buyuk muhabbati, sadoqati xususida sözladilar. Tadbir davomida 5-sinf öquvçilari tomonidan Zulfiyaxonimning farzandlari Hulkar va Omonga, nabirasi Uluğbekka bağişlab yozgan şeʼrlari ifodali öqib berilgani barçaga manzur böldi. Bundan taşqari, ular Zulfiyaning turkum şeʼrlarini maroq bilan ifodali öqib berdilar. Ayniqsa, mazmunida mehribon ona, sadoqatli ayol siymolari mujassam bölgan “Mening mehribon onaginam”, “Bizning onalar” şeʼrlarini tadbir iştirokçilari maroq bilan tingladilar.
Tadbirda Zulfiyaxonim haqida Oybek, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir kabi zamondoşlari tomonidan bildirilgan fikrlar va ularning samimiy ehtirom tuyğulariga töla sözlarini keltirişib, Zulfiyaxonim ijodi dunyoning köplab mamlakatlarida sevib öqilişi haqida ifixor bilan sözladilar. Maktabning 7-sinf öquvçilari esa Ğ.Ğulomning “Zulfiyabegimga”, E.Vohidovning “Vafo” poemasi, Hamid Ğulomning “Iltijo” şeʼrlaridan parçalar öqib berişdi.
Tadbir davomida 11-sinf öquvçisi Xursandoy Jalğaşboyeva Zulfiya hayoti va ijodiga oid viktorina öyinlarini taşkil etib, Zulfiyaxonim asarlarining bilimdonlarini bahsga çorladi.
Gözal muşoira, bilimdonlik bahslari, kuy va qöşiqlar, dilrabo raqslar jörligida ötkazilgan tadbir Zulfiyaxonim dahosiga samimiy ehtirom tarzida taassurotlarga boy böldi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶