Jayxun ilhomlari
NAVBAHOR KELDI YaNA
Qarang, kanday ajib kun,
Navbahor keldi yana.
Köngilga zavq bağişlab,
U takror keldi yana.
Taşrifining oldidan
Toğlarga soldi nazar,
Yonbağir uzra gulxan –
Lolazor keldi yana.
Yer-u kökda özgariş,
“Uyğoninglar”, – deb göyo,
Turnalar kökda qator
Va qator keldi yana.
Baʼzi ğofillar uçun
Samo uzra guldurak
Naʼrasiga juft bölib,
Bir şaror keldi yana.
Yor vasliga intizor
Oşiqlarning holatin,
Öz tilida vasf etib,
Bulbul – zor keldi yana.
“Omon yetdik, ming şukur,
Salom, bahorim”, – deya,
Quvongan köngillarga
Iftixor keldi yana.
Bahorning yölin kutib,
Qançalar intiq edim,
Kaminangizga ilhom
Şu nahor keldi yana.
Ahmad NAFASOV.
Özbek Zulfiyasi
Vafo-sadoqatdan
Sözlar közlari.
Malika timsoli
Bugun özlari.
Neçun sevmay bölar
Şoh satrlarin,
Yurakka ilhombaxş
Şoir sözlarin.
Metin irodali
Özbek onasi,
Bizga örnak erur
Hayot yöllari.
Nomi qalbimizda,
Ruhi doim şod.
Özbek Zulfiyasi
Abadiy hayot.
Zuhra Ahmedova.
Poyiingzga loladek
tökilib ketsam
(Onam xotirasiga)
Kimning hayot bölsa agar onasi,
Biling-ki, dunyoda siz baxtli inson.
Qöllaridan öping, ming bora ayting,
Yaxşi köraman, deb, sizni onajon.
Töyda öynaganday bir bora öynang,
Dillaridan ketsin ğuborlar mayli.
Siz mening dunyoda borim-yöğim, deng,
Boringizga şukur onajonim, deng.
Töylarim boşida tursangiz deyman,
Oppoq römollarda fariştam misol.
Şunda ham tangrimdan sörab qolaman:
“Onamning umriga qilma heç zavol”.
Onasi yöqlarning köngli yarimdir,
Bir oğiz sözingiz keladi malol.
Munğayib qoladi baxtli kunda ham,
Çunki onasi yöq, söraguvçi hol.
Bahorim bahormas, gul-u rayhonmas,
Qizğaldoq misoli sovuq qotaman.
Qaniydi bir bora bolam, desangiz,
Poyingizga loladek tökilib ketsam.
Raʼno AVAZMURODOVA,
38-sonli maktab öqituvçisi.
JANNATIM – ONAM
Bir jonin uç öğliga bölib bergan,
Onajonim mening, mehri ummonim.
Turmuşning muştiga özini tutgan,
Beğubor osmonim, jonim onajon.
Qora soçlariga oqlar tuşirdim,
Gulday yuzlariga ajinlar soldim.
Özini öylamay meni öylagan,
Ğanimat dunyoda ğanimat onam.
Jonibekni jonidan ortiq suygan,
Bu dunyoda meni deb yaşab yurgan.
Gar qiynalsam, iç-içidan ezilgan,
Mehribonim mening, jannatim onam.
Jonibek Quvondiqov.
Onajonimga
Yiğlar bölsam, ğamim seza bildingiz,
Yaralansam, malham böla bildingiz,
Goho erkalikka solib iş qilsam,
Meni hammadan ham suya bildingiz.
Avaylab, eʼzozlab, odam qildingiz,
Yiğlasam, yiğlab, kulsam, kuldingiz.
Bu yoruğ olamda omon bölingiz,
Onajon, bunçalar çeksiz mehringiz.
Dilnura Rahimboyeva,
29-sonli maktab öquvçisi.
AYoLLARGA
Unutma, hayot sen bilan gözal,
Bitadi oşiqlar sen uçun ğazal.
Bitta tabassuming tunni yoritar,
Ayolsan, ayolliging unutma.
Hayot yöllarida qoqilma aslo,
Töğri yölni tanla, egriga boqma.
Sirli böl, siringni özgaga aytma,
Ayolsan, ayolliging unutma.
Qaddingni tik tutgin, yiqilma aslo,
Mağrur yur, heç qaçon boşingni egma.
Yengil hayot tanlab, unga sen kirma,
Ayolsan, ayolliging unutma.
Farzand tarbiyasi qölingda sening,
Oilang şaʼni ham yelkangda sening.
Onasan, opasan, kimgadir singil,
Ayolsan, ayolliging unutma.
Sendan hayotda yaxşi nom qolsin.
Yomonlar sendan ibratlar olsin.
Farzandlaring sen bilan faxrlansin,
Ayolsan, ayolliging unutma.
Fariştaga qiyoslar buyuk nomingni,
Jannatga teng qilar bosgan izingni.
Esingdan çiqarma “Ona” nomingni,
Ayolsan, ayolliging unutma.
Iroda YÖLDOŞEVA,
“AmudaryoTex” XK xodimi.
Onajonim allasi
Çaqirsalar, dunyoda zör maşşoqni,
Kuylasalar, “Feruz” yoki “Uşşoq”ni.
Almaşmasdim tong oldida onajon,
Sizning aytgan allangizga heç qaçon.
Kunduz işlab, tun ötkazar, uyqu yöq,
Onasi bor farzand ösar ğami yöq.
Mehringizdan kuçliroq heç tuyğu yöq,
Mehringizni soğindim-ku onajon.
Allalar aytardi boşimiz silab,
Allohdan bizlarning baxtimiz tilab.
Boringda kam bölmay yurdim erkalab,
Soğinib esladim sizni, onajon.
Qöşiqlar kuylasam men sizga ona,
Allangizdek bölmas heç bir tarona.
Qudratlimas heç bir qöşiq dunyoda,
Dunyolardan buyuk allangiz, ona.
Adilboy AmeTov, 27-sonli maktab musiqa fani öqituvçisi.
Onamga
Qahraton qiş keldi, judayam sovuq,
Izğirin sovuqlar suvni muzlatar.
Çanalar uçişar bolalar şodon,
Yoningizga bormadim, bolangiz nodon.
Soğinç azobi tilganda dilim,
Samimiy sözlarim ayagan edim...
Manzura EŞIMOVA.
Bayram tilagi
Munis va möʼtabar, gözal ayollar,
Hayotni yaşnatgan asli özingiz.
Olam tölsin baxtga – kuling bir bora
Dardlarga darmondir şirin sözingiz.
Jamiyatda ham doimo faol –
Tinmaysiz ona yurt ravnaqi uçun.
Töğrisöz, iymonli, pok hamda halol,
Qalbingiz oldida boş egdik bugun.
Öylaysiz faqat rözğor taşvişin,
Bir nafasga tin olasiz qaçon?
Eplaysiz uy işin, davlat yumuşin,
Bugun poyingizga gul töşar jahon.
Siz mohir çevarsiz, balki tadbirkor,
Işlaysiz Vatanga keltirib foyda.
Mehribon ustozsiz, balki şifokor,
Hurmatingiz baland sizning har joyda.
Siz balki uçuvçi, köklarni quçib,
Çeksiz samolarda qilasiz parvoz.
Qalbingizdan zinhor ketmaydi öçib,
“Vafo” deb atalgan çiroyli pardoz.
Siz huquqşunossiz, doim adolat,
Töğrilik va tenglik tarafdorisiz.
Sizga begonadir ğaraz, adovat,
Millatning va elning madadkorisiz.
Sanʼatga oşufta nozik qalbingiz,
Çizgilaringizda – tuyğular sözlar.
Ne istaydi dil, bir bor ayting siz,
Baxtiyor damlarni körsin bu közlar.
Möʼtabar onasiz farzandin har on,
Eʼzozlab, avaylab kötargan kökka.
Dilbar ayoldirsiz, dilga jonajon,
Ismingiz bitilgan öyib yurakga.
Maftunkor ayollar, opa-singillar,
Aziz momojonlar, böling soğ-omon.
Vafo-la yaşaysiz ötsa-da yillar,
Qalbingizga soya solmasin armon.
Iroda ERDOŞEVA.
ONANGIZNI YÖQLAB TURING
Közi kulib, dili kuyib turguvçi ona,
Biz uçun bebaho jannatdir ona.
Doim farzandim deb yurguvçi yona,
Dunyoda yagona farişta – ona.
Inson bolasisiz mehr qömsaysiz,
Bir kuni onam, deb dodlab yiğlaysiz.
Bekor ötgan vaqtlaringiz bölsa-da,
Duosini olmoqqa heç bormaysiz.
Ey döst, onangiz qadrini biling,
Vaqt topib har lahza siz yöqlab turing.
Bir kun siz ham ota-ona bölasiz,
Vaqt borida onangiz mehriga töying.
Gulruh NARIMBETOVA,
50-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶