Jayxun ilhomlari
BAYPAM BADIHASI
(Qizlarga bahoriy maktub)
Qaldirğoçlar qanotida Navbahor,
Valfajri göyoki “Yosin”, “Taborak”
Siz Alloh yaratgan malak – betakror –
Muqaddas xilqatsiz. Bayram muborak!
Har esgan saboda bayram nafasi –
Sezilar, xuşnavo ayyomdan darak.
Siz bilan porloqdir yurtning ertasi,
Ajab saodatsiz. Bayram muborak!
Közlarni yaşnatar, köngil yayratar,
Boşlarda tol bargak, lola çambarak.
Şöx-şodon kulgular toledan xabar
O, sohibjamollar, bayram muborak!
Bugun maqtov uçun tanlab qança söz,
Til ojiz, boşimiz ham sarak-sarak.
Yayrab-yaşnab yuring, heç tegmasin köz
O, nozik nihollar, bayram muborak!
Yal-yal yonoqlarda hayot tajalli,
Inja tabassumga hapriqar yurak.
Ehtirom Sizgadir abad-azaliy,
O, ruxsori ollar, bayram muborak!
Taşbeh bor falakda, qiyos uçun – Oy...
Faqat bunga kuçli tasavvur kerak.
Lekin dilda – Sizlar. Oyga yöqdir joy
O, mohi hilollar, bayram muborak!
Taʼrifga til ojiz: közlari nargis,
Qoşlari yoyidan qalblarda novak,
Nağmasoz xuşnavo bulbuldek nafis –
Suhbatlari bollar, bayram muborak!
Baxtingiz doimo bus-butun bölsin,
Yarim ham bölmasin, bölmasin çorak.
Ğam-alam sizlardan yiroqda qolsin,
O, malak misollar, bayram muborak!
Har bir dil – bir olam, ehtiros bölak,
Oşiqlar his etgan tuyğu muştarak
Qança Salomçi-yu, Ahmadlar halak –
Topolmay timsollar. Bayram muborak!
Tursunboy ABDULLAYeV.
Ahmad NAFASOV.
NAVPÖZ KELIB
Kalta kunlar böldi uzun,
Kök maysalar yerga husn.
Hamma xursand, şodon bugun,
Navröz kelib, Navröz kelib.
Pişmoqdadir sumalaklar,
Qizlar taqdi tolbarglar.
Kökda uçar ğoz, ördaklar,
Navröz kelib, Navröz kelib.
Sovuq endi bizdan qoçar,
Dehqon yerga uruğ soçar.
Boğ-u roğlar çiroy oçar,
Navröz kelib, Navröz kelib.
Yurtimizda töy-tantana,
Öynaydirmiz yana-yana.
Tomoşa zör, keling, mana,
Navröz kelib, Navröz kelib.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
Kelmoqda Navröz
Hali qaylardadir qorin selpir qiş,
Xali qaylardadir erimagan muz.
Bizda aylanganday öngga şirin tuş,
Bugun elimizga kelmoqda Navröz.
Tuğilgan iniga u yana qaytib,
Bizlar uçun tilab, möl-köl rizq-u röz,
Qaldirğoç kelmoqda “valfajr” aytib,
Xuş navolar bilan kelmoqda Navröz.
Hademay oçilib lolaqizğaldoq,
Yöl böyida husnin qiladi köz-köz.
“Atrofni yaşnatgan qudratimga boq”, –
Deganday yurtimga kelmoqda Navröz.
Mana, öriklar ham gulladi qiyğos,
Yana yaşil libos kiyar dala-tuz.
Bahor gözalligin körsatib röy-rost,
Şaxdam qadam bilan kelmoqda Navröz.
“ – Har dardning oldini olmoqlik durust,
Şu sabab hozirdan rejalaring tuz.
Şunda daf qilmaydi koronavirus”, –
Degan öyga solib kelmoqda Navröz.
Şukur, köngillardan rutubat ketdi,
Atrofda çiroydan qamaşadi köz.
Endi ğayrat qilmoq fursati yetdi,
Xuş kelding, xuş kelding, xuş kelding, Navröz!
A.Nafasov.
Navrözi olam
Borliqdan keldi xuş xabar,
Manğit boğlarida hamal.
Bulbullar kuylaydi ğazal,
Navrözi olam marhabo!
Nurga tölib yuraklari,
Gulga tölib etaklari.
Yayrar bu dam yoş-u qari,
Navrözi olam marhabo!
Pizq-u rözi uluğ elim,
Baxti butun, töliq elim.
Bayramlaring qutluğ elim,
Navrözi olam marhabo!
Navo töla havo bugun,
Dillar toşqin daryo bugun.
Pölat oğa şaydo bugun,
Navrözi olam marhabo!
Navrözi olam marhabo!
Pölat XUDOYBEPGANOV,
Turon fanlari akademiyasi akademigi, jurnalist.
YaŞILLANDI DALALAP
Qiş ötgaç, ilk bahorda,
Şudring tuşgan nahorda.
Sabolar qanotida,
Quşlar qaytib keldilar.
Ana, qarang bolalar,
Yaşillandi dalalar.
In qurib ayvonlarda,
Sayradi qaldirğoçlar.
Muhabbat ÖPINBOSAPOVA,
3-sonli maktab öquvçisi.
ONA MEHPI
Ona mehri misli dengiz,
Tölib-toşib oqadi.
Ona asli farzandini,
Mehr bilan boqadi.
Mehr körib össa bola,
Olamga mehr berar,
El yurtini ardoqlaydi,
Qalbida bahor kular.
Sarvinoz MUPODOVA,
11-sonli maktab öquvçisi.
YuPTIMDA NAVPÖZ
Har yili yurtimga kelganda bahor,
Şodlik va quvonçdan yayrar köngillar.
Közni qamaştirar muattar gullar,
Sevgi-sadoqat deb kuylar bulbullar.
Navröz özbegimning bahor bayrami,
Sumalaklar pişar kuç-quvvat koni.
Ajdodlarimizdan esda qolgani,
Qadimdan merosdir ahillik şaʼni.
Erkin Ismoilov.
DAPAXT EKING!
Döstlar, eking daraxtlar,
Ular bizlarni asrar.
Toza havo beradi,
Har dilni şod etadi.
Daraxt ekingiz har dam,
El-u yurt bölar körkam.
Tabiat bizdan rozi,
Gullar hatto qiş, yozi.
Şahlo QUVVATOVA.
Şabboda
Kök yuzidan bulut qoçar,
Samo ajib nur qöynida.
Qaldirğoçlar çuğurlaşar,
Omon çiqib gulbahorga.
Yelib, yugurar şabboda,
Lolalarni silab ötar.
Maysalarni egib tongda,
Esar mayin şabboda.
Toğlardan tuşar zilol suv,
Şod etadi köngillarni.
Qiş böyi zerikib, tolib,
Bahorga çiqqan qalblarni.
Maysalarning barglarida,
Marjondek jilvakor şudring.
Madh etar qança şoirlar,
Gulbahorim, gözalliging.
Şarqirab oqqan soylar ham,
Qirmizi gilam singari.
Töşalgan yoqut gullar ham,
Bahor, sening timsoling.
Laylo OLIMOVA,
56-sonli maktab öquvçisi.
YoMĞIP
Tong bilan turdim,
Dalaga boqdim.
Pöyi zamin loy,
Tölib oqar soy.
Yomğir yoğardi,
Dilga yoqardi.
Tomda kabutar,
Menga boqardi.
Yomğir tingan payt,
Gulladi hayot.
Oftobga boqib,
Bitdim şeʼriy xat.
Akrom Köklanov, 5-maktab öquvçisi.
QIZÇA
Bunça şirin qizaloq,
Tişlari xuddi munçoq.
Közlari yonib turar,
Yuzlari kulib turar.
Kulib turgan yuzlari.
Xuddi oyni eslatar.
Yonib turgan közlari,
Porloq quyoşga mengzar.
S.YaNGIBOYeVA.
BAHOPIM KELDI
Köm-kök bölib yaşnagan,
Sölim bahorim keldi.
Çamanlarning muattar,
Iforin ola keldi.
Bayramlar qöşa-qöşa,
Quvonç olib keladi.
Maysalar ham quyoşga,
Kun sayin intiladi.
Şohsanam ÖrOzaliyeva,
Namuna MFY.
NAVPÖZ – BAHOP BAYPAMI
Navröz – bahor bayrami,
Kirib keldi hademay.
Anhorlarda oqadi,
Zilol suvlar töxtamay.
Xalqimizning sevimli,
Taomidir sumalak.
Qozonning atrofida,
Bolalar böldi halak.
Uy oldida, gulzorda,
Uçib yurar kapalak.
Bu ham bitta xabarçi,
Bahordan berar darak.
Saxiy quyoş porlaydi,
Navröz bizni çorlaydi!
Diana BOZOPBOYeVA,
75-maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶