17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 18:54
Jamiyat 👁 456

XALQIMIZ SOGʻLIGI UChUN MEN 400 MING SOʻM STIPENDIYaMNI “MEHR-ShAFQAT VA SALOMATLIK” JAMGʻARMASIGA OʻTKAZDIM

XALQIMIZ SOGʻLIGI UChUN MEN 400 MING SOʻM STIPENDIYaMNI “MEHR-ShAFQAT VA SALOMATLIK” JAMGʻARMASIGA OʻTKAZDIM

Zamonlar sinovini sindirgan mehr-oqibat va mehr-shafoat tuygʻusi hamon mudroq qalblarni uygʻotib, iroda va kuch-qudrat baxsh etib kelayotgani butun dunyoni qamrab olayotgan koronavirus pandemiyasi davrida yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Butun Oʻzbekiston xalqi hukumat atrofida jipslashib, ushbu baloi-ofatga qarshi ham jismonan, ham maʼnan birlashgan holda kurash olib borishmoqda.

Prezidentimiz 26-mart kuni soha vazirliklari va mutasaddi  tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi videoselektor yigʻilishida xalqimizga yana bir bor murojaat qildilar, bir maqsad yoʻlida birlashishga kun tartibiga qoʻyilayotgan taʼqiqlarga hamda tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqirdilar. Maqsad esa bitta – xalqimizni koronavirus epidemiyasidan asrab-avaylash, virus yuqtirib olishlaridan himoya  qilishdir.

Joriy yilning 16-mart sanasidan taʼtilga chiqarilgan oliy taʼlim dargohlari talabalari hamda umumtaʼlim maktablari  oʻquvchilari uchun 30-martdan boshlab, maxsus teledasturlar orqali dars-mashgʻulotlari tashkil etilayotgani, “Uyda qoling!” aktsiyasida deyarli butun mamlakatimiz aholisi faollik koʻrsatishayotganidan ayonki, xalqimizning sogʻligi, osoyishtaligi  hamma narsadan aziz. Ayniqsa, hamisha xayr-saxovatli xalqimiz himmati tufayli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash Vazirligi huzuridagi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasiga har kuni millionlab mablagʻ yigʻilayotgani esa uygʻoq vijdonlarni yanada saxovatli qildi, mudroq qalblarni esa ogohlikka chorladi, uygʻotdi! Mazkur jamgʻarmaga bir kunda 5 mlrd. soʻm mablagʻ yigʻilganini eshitib, men ham jim qarab tura olmadim. Axir davlat biz yoshlarni oʻqitayotir, barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotir. Davlatimiz, xalqimiz boshiga ish tushganida biz – Oʻzbekiston farzandlari nima uchun jim turishimiz kerak?
Men Ajiniyoz nomidagi NDPIning matematika fakulteti 2-bosqichida, davlat granti asosida oʻqiyman. Davlat mening taʼlim olishim, ijtimoiy muhofazam uchun har oyda stipendiya beradi. Nima uchun men davlatimiz gʻamxoʻrligiga munosib ish qilmasligim kerak? Albatta, otalarcha gʻamxoʻrlikka farzandlik burchi va masʼuliyati bilan javob qaytarishni xohladim. Bugun, 27-mart sanasida mart oyi uchun plastik kartamga yoʻnaltirilgan 400 ming soʻm stipendiyamni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasi hisobiga oʻtkazdim.

Istagim, xalqimiz tezroq koronavirus pandemiyasi asoratidan ozod, sogʻ-salomat  boʻlishsin.

Risolat RAHIMBOYeVA,
NDPI matematika fakulteti 2-bosqich talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019