AJDODLAR MATONATI VA JASORATI BIZ UÇUN HAMIŞA IBRAT
Ikkinçi jahon uruşi boşlangan damlarda sobiq ittifoq tarkibida bölgan Özbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yaşagan bölsa, şuning 1,5 milliondan ziyodi uruşda qatnaşgan. Ularning 500 mingdan ziyodi yurt ozodligi yölida janglarda jasorat, matonat bilan duşmanga qarşi kuraşib, halok bölişgan, qança-qança yigitlar ayni navqiron yoşida mayib-majruh bölib qaytgan. Uruş keltirgan talofatlar, jabr-sitamlar şulargina emas.
Bu haqda tumanimizda istiqomat qilayotgan front orqasida ğalabaga hissa qöşiş uçun kun-u tun maşaqqatli mehnat qilgan, bugungiday dorilomon kunlarga yetganiga hayotining har lahzasida şukrona aytib yaşayotgan tabarruk faxriylar xotiralarini tinglab köring-a!
Erlapas Boboniyozov – Örta qalʼa ovuli:
– Uruş boşlangan vaqtda men 15 yoşli bola edim. Ovulimizdan böyga yetgan yigitlar, kuçli-qoruvli erkaklar armiyaga olindi. Uruş boşlanmasidan oldin ham hayot oğir, qahatçilik edi. Hammaning ustida bir yozlik, bir qişlik kiyimigina bölar, topgani qozon qaynatişga goh yetsa, goh yetmas edi. Uruş boşlangaç, xöjalik yerining ham, tomorqasining ham barça işlari ayollar va bolalar zimmasiga tuşdi.
U paytlarda har brigadada ikki-uç hökiz bölar, ayollarning bel bilan ağdargan yeri qaytadan omoçda haydalib, mola bosib, tekislanib, bir jöyalik ot seyalkada çigit ekilardi. Texnika qayoqda, hamma iş qölda bajarilardi. Ayollar, bolalar kun böyi paxta dalasida işlasa, keçasi yoz kunlarida buğdoy, arpa örar, tongda uyiga kelib, tegirmon tortib, zoğora, patrak yopardi. Zoğorasi, patrak, yaʼni jöxori unidan qozonda qotirib pişirilgan noni bor odam eng öziga töq odam hisoblanardi, kim arpa, kim kepak yegan vaqtlari köp böldi. Odamlarning kunjara yeb şişib ölganlari ham böldi.
Endi ana şunday maşaqqatlar bilan ekilgan don-dunning hammasi frontdagi askarlarga jönatilar, hatto odamlarning tomorqasida yetiştirgan arpa, buğdoyini tortib olişardi.
Eslayversam, uruş davrining har bir kuni xalqimiz uçun azob-uqubatlar bilan ötdi. Biroq heç kim zamondan nolimadi, uruş tezroq tugaşi uçun, ğalaba uçun kuraşdi.
Otaxon Xudoyorov – Manğit şahrining Boyovul mahallasidan:
– Yoş bola bölsak-da, men tengilar ham uruş xabarini eşitgan vaqtimizda juda dahşatga tuşganimiz, yov xuddi hozir ustimizga bostirib kelib qolayotganday qörqqanlarimiz yodimda. Oilamizdan mendan katta uç öğil – Qurbonboy, Nurulla, Bobojon ismli jondan aziz akalarim birin-ketin armiyaga olindi. Ota-onamning har kuni ilhaq bölib, ulardan xabar kutib, parişon bölib yurişlari hamon köz öngimda. Baxtga qarşi ikki akam uruşda halok böldi, Bobojon akam soğliğiga putur yetgan bölsa-da, omon qaytganiga quvondik. Akam keyinçalik oilali, tört farzandli böldi. Biroq ota-onam hayotining sönggi kunlarigaça Nurulla, Qurbonboy akalarimning yöllarini qaradi. Doim xuddi baravariga eşikdan kirib keladiganday, pişgan ovqatdan nasibasini qöyib ötirişardi.
Uruş tufayli musibat yetgan faqat bizning oilamiz emas edi. Salima opa degan qöşnimizning bir oy içida uç nafar öğli uruşning ilk davrida armiyaga ketdi. Ulardan keyinçalik xat-xabar kelmay qöydi. Qoraxat kelganidan söng, halok bölişganini bildik. Opa uç öğil judoligini kötarolmay, savdoyiga öxşab qoldi. Yakka-yolğiz özi qaçon ovqatmi, nonmi olib borsak, öziça öğillari bilan gaplaşib ötirardi. Unga juda açinardik, biroq qölimizdan nima ham kelardi. Musibatlar ustiga ayollar, bolalarni oğir mehnat juda ezib yubordi.
Uruş tugagaç, oradan yillar ötib, hayotimiz yaxşilana boşladi. Biroq yuraklardagi jarohat bitmadi. Ha, Ikkinçi jahon uruşining xalqimiz boşiga solgan jabr-sitamlari qalbimizdan öçmaydi. Uruşda ğalaba qozonilgan kuni butun yurtimiz böylab, odamlarning quvonçi kökka yetgan, hamma şodligidan bir-birini quçib-qutlagan, boş kiyimini osmonga otib öynagan, ğalaba, ğalaba deb ovozi boriça baqirişgan edi.
Rimboy Madiyorov – taʼlim faxriysi, Manğit şahrining Çordara mahallasidan:
– 13 yoşda edim. U paytlarda Qipçoq arnadan sal ötilgaç, sölim bir boğda, pionerlar lageri joylaşgan edi. Tumanning eng aʼloçi, faol öquvçilari yozgi taʼtilda lagerga yuborilar edi. Uruş boşlangan vaqtda men lagerda dam olayotgan edim.
Bir kuni ertalab odatdagiday uyqudan uyğotuvçi gorn çalinmadi. Tarbiyaçilar ham hang-mang bölib ötirişibdi.
Heç kim bolalarni nazorat qilay, ertalabki nonuştaga çaqiray demaydi. Men odatimça erta turganim uçun u yoq-bu yoqni aylanib yurib yana örtoqlarim yoniga qaytdim.
Bir payt Primbetov degan lagerning rahbari hammani yiğib uruş boşlanganini aytdi. Uruş nimaligini töla tuşunmasak ham sovuq xabardan angrayib qoldik.
Primbetov esa lagerdan uylarimizga qaytişimizni, esli-huşli bölib ota-onalarimizga suyançiq bölişimiz lozimligini maʼlum qildi.
Şunday qilib, bir guruh bolalar lagerdan qaytayapmiz, heç kimdan sado çiqmaydi. Uruş xabaridan ana şunday gangib qolgan edik. Uruş yillarida körgan – keçirganlarimiz, qiyinçiliklarimizni aytsam, bugungi kun yoşlariga ertakdek tuyular. Biroq front orqasidagilarning maşaqqatli mehnatlari ham uruşdagi askarlarnikidan kam bölmadi, desam lof bölmas. Butun tirikçilik, kolxoz işi ayollar, bolalar zimmasida. Yoş yigitlar uruşga, yoşi kattalar işçi batalonlarga olingan, qança oğir mehnat bölsa-da, ğalaba umidi bilan bardoş berayotgan ayollarning qöli işda, közi poçtalonning yölida bölardi. Hamma uni ham oşiqib, ham bir hadik bilan kutardi. Axir qoraxatlardan ham yuragi bezillab qolgan edi-da.
Ana şunday kunlardan ötib, dorilomon, farovon kunlarga yetib kelganimdan juda quvonaman. Maktabda dars berib yurgan damlarimda ham, mahallaga rais, kotib bölgan damlarimda ham doim yoşlarga bugungiday baxtiyor davrning qadriga yeting, bu kunlar qanday oğir mehnatlar, yöqotişlar evaziga kelganini unutmang, deb uqtirardim, hozir ham. Ha, u kunlarni unutişga heç kimning haqqi yöq.
Yoqut Sultonova – Xolimbeg ovulidan:
– Otam erta vafot etib ketgaç, men, onam va ikki akam yaşardik. Uruş boşlangaç, ikki akam ham armiyaga ketdi. Uyda onam ikkimiz munğayib qoldik.
Kuni böyi paxtada, keçasi buğdoy, şoli öroqda bölamiz. Uyga kelib, hovlimiz atrofidagi ekinlarga qaraymiz. Qozonga ikki-uç patrak non yopsak, birini onam ikkimiz bölib yeb, birini olib, erta bilan yana paxta ötaşga ketamiz. Oğir mehnat öz yöliga, odam temir emas axir, baʼzan uxlab qolib, dalaga kun çiqqunça yetib kelolmay qolsak, rahbarlarning beradigan azobi ortiqça bölardi.
Xudoga şukur, uruşdan söng, hayot asta-sekin yaxşilanib, bugungiday obod, farovon kunlarga yetib keldik. Yaratgan bu kunlarni bardavom qilsin, deb kun-u tun tilayman. Bu kunlarga yetganimga beadad şukronalar aytaman.
Töxta Boltaboyeva – Ayoqçi mahallasidan:
– Uruş boşlanganida men ösmir qizaloq edim. Ikki akam uruşga ketgaç, harbiy libos kiygan kişilar kelib, uyimizdagi bor don-dunimizni uruşdagi askarlarga deb tortib olib ketişdi. Onam ikkimiz heç vaqosiz şum-şayib qolaverdik. Öşa kunlari kolxozning buğdoyi örilayotgan kunlar edi. Paxta ötoqdan kelib, odamlar uyidagi borini yeb-içib, keçasi buğdoy öroqqa borardi. Uç-tört ösmir bolalar eski latta-puttalarni xodaga boğlab, lampa moyga botirib, şam qilib yoqib bizga, ayol-qizlarga tutib turardi. Ustimizda hosilot bizni buğdoydan öğirlab ketmasin, deb kuzatib turardi. Buğdoyi yiğiştirib olingan daladan maşoq tergan vaqtlarimizda öğriga çiqarib, qölimizdagi buğdoyimizni olib qöyişgan vaqtlari ham bölgan. Çiğir bilan suğoriladigan tomorqadan hosil oliş juda muşkul, tirikçilik ham oğir edi. Şunda ham butun el topganini frontdagi askarlarga jönatayotganidan xursand bölardi. Axir deyarli hamma oilaning ham uruşda kimidir bor edi.
Eh... u kunlarni eslasam, yuragim hamon orqaga tortib ketadi. Xudoga şukur, hozir farzandlarim, 95 nafar nevara, çevara, evaralar ardoğidaman. Hayotimiz tinç, osuda. Bu – tinçlik şarofati.
Yöldoş Matmurodov – Dörman ovulidan:
– Uruş boşlanganida men ösmir bola edim. Oradan beş-olti oy ötgaç, otamni işçi batalonga olişdi. Onam kolxozda işlagani uçun ozgina don-dun olardi, xolos. Bu tirikçiligimizga yetmasdi. Şunday qilib, 15 yoşimda dalalar çetlaridagi böyanlarning poyalari – çökirdagini örib, Toşhovuzga olib borib sotib, har kungi topganimga non olib keladigan böldim. Uruş yillarida töyib uxlagan, non yegan odamning özi bölmagandir-ov. Katta-katta kanal, ariqlarni qişning qahratonida qazib çiqarar edi odamlar. Kattaroq ayollar lom bilan tönglab yotgan yerni yorib, qazib olingan toşday qotib yotgan tuproqni biz bolalarga uzatadi, biz uç-tört qadam kötarib borib, roşga qöyib kelamiz. Tört faslda ham kolxozning işi ado bölmas, biroq evaziga mahalliy rahbarlar ğazabini soçgani soçgan edi. U kunlarni aytaversam hozir farzandlarim, nevaralarim ham hayron qoladi.
Ha, biz öşa uruş yillari inson aqli bovar qilişi qiyin bölgan kunlarni boşimizdan keçirdik, uruş dahşatini yurak-yurakdan his qildik. Eng yomoni qişloğimizga tez-tez kelib turadigan maşʼum ölim xabari edi.
Tinçlik – juda uluğ neʼmat. Buni qadrlaş, avaylaş, bardavom bölmoği uçun intilmoq kerak.
Yöldoş Rajabov – Qiliçboy ovuli:
– Men hozir 92 yoşdaman. Biroq qarab ötirgim kelmaydi. Yaqin-yaqinlargaça hovlimdagi boğimga özim qarardim. Mevalarning turidan, eng hosildor, aʼlo navlaridan bor boğimda.
Köpçilik çarçab qolmaysizmi, deb söraşardi. Öylab köring, şunday tinç, farovon zamonda yaşab ham çarçaydimi odam, derdim ularga.
Ha, azizlar. Men bu gaplarni bejiz aytayotganim yöq. Uruş yillarida boşimizdan ötgan oğir kunlar, zahmatli mehnatlarni eslasam, hozir ham yuragim zirqirab ketadi. Öşanda men ham 12 yaşarligimda keça-yu kunduzi işlaganman, brigadada tabelçi bölganman, desam köpçilik işonmas.
Ha, ğalabaga bölgan umid kuç bergan, qornimizni nonsiz töydirib qöygan edi.
Haytim Obdolov – Qiliçboy ovulining Beşovul mahallasidan:
– Öşanda 5-sinf öquvçisi edim. Uruş boşlangaç, avval ham bor iqtisodiy qiyinçiliklar yana ham kuçaydi, maktab ham goh oçilsa, goh öqituvçi yetişmay, yopilib qolardi.
Otam, akam uruşga ketgaç, rözğorimizga kömakçi böliş uçun temirçiga şogird tuşdim. Umr böyi şu hunarim bilan oilamni boqib keldim.
Allohga şukur, hozir hayot farovon, tökin-soçinlik. Yoşlar yetar-yetmas neligini bilmay kamolga yetişayapti. Ilohim, ularning baxtiga köz tegmasin, tinçlik-osoyiştalikning qadriga yetişsin. Boisi bugungi hur zamon tinçlik tufayli.
Tursun Yöldoşeva – Beşovul mahallasidan:
– Qölida qurol tutişga yaroqli erkaklar uruşga ketib, hamma iş ayollar, bolalar zimmasiga tuşib, oğir mehnatda ezilgani yetmaganday, barçani uruşdagi yaqinining xavotiri tark etmasdi. Buning ustiga buğdoy, göşt, sariyoğ, tuxum soliq ham tölar edi aholi.
Akam armiyaga ketgaç, onamga suyançiq böliş uçun şu yoşda ham kattalar bilan keça-yu kunduz baravar işlaganman. Aytaversam, uruşning xalqimiz boşiga solgan azob-uqubatlari ado bölmaydi. Bir nonni tuşlikda bölib yesak – keçqurun nima yeyişimizning qayğusi bosib yeganimiz ham tatimasdi. Ammo şunday kunlarda xalqimiz borini birga yedi, heç kim mehnatdan qoçmadi, quvonç va taşvişni birga baham kördi.
Pardagul Bekniyozova – Qiliçboy ovulining Xizr eli mahallasidan
– U kunlarni biz kördik, endigi avlodlar körmasin. Hozir 105 yoşdaman. Umrimda bugungiday hur, farovon hayotni körmaganman. Hozirgi avlod buning qadriga yetib, asragay. Erta-yu keç tilagim şu.
Bekman Allaberganov va Oygul RAJABOVAlar suhbatlaşdi.
Mahmudjon Şomurodov olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶