Karantindan unumli foydalanyapmiz
Pandemiya doimiy hayotimizni özgartirib yuborganligi bor gap. Töğri, hayotimizda köp sinovlar, qiyinçiliklarga duç kelayapmiz. Lekin har yomonning bir hikmati yöq emas. Osmonimizning musaffoligini köring. Uçoqlarni körmaganimizga ham köp böldi. Avtoulovlarning harakati qatʼiy nazorat qilingan. Internetdan körgandim, qaysidir şahar dengizga yaqin ekan. Kemalarning harakati sabab suv ifloslangani uçun uzoqlarga ketib qolgan baliqlari qaytayotgan ekan. Tabiat, biologik olam ança yaxşilanyapti...
Men köp yillardan buyon 36-sonli maktabda öquvçilarga jismoniy tarbiya fanidan dars berib kelmoqdaman. Pandemiya sabab darslarimiz onlayn tarzda ötilib, yakunlandi. Hozir nabiralarim bilan köproq vaqt ötkazayapman. Ertalab birgalikda jismoniy maşğulotlar bilan kunimizni boşlaymiz. Rosti, ança yoşargandek böldim. Yoşi ötgan odam nabiralari davrasida bolaligiga qaytarkan...

Tomorqamizdagi işlarimiz ham ança yaxşi. Mevali daraxtlar parvarişi kişiga özgaça zavq bağişlaydi. Oğilxona işlarini ham nabiram Şahzodjon bilan öz örniga qöyamiz.
Keçasi çiroq yoruğida kitob öqişga nima yetsin. Nabiralarim hikoyalarning, ertaklarning maʼno-mazmuniga juda qiziqadi. Barçasini ularning tilida gapirib beraman...
Men karantinni ham mazmunli ötkaziş mumkinligi öz hayotimda körayapman. Lekin yoz fasli boşlanganigami, yurtimizning sölim göşalari böylab sayohat qilişni, tarixiy joylarni ziyorat qilişni qömsay boşlar ekan köngil. Umid qilamizki, bu infektsiya balosidan tezda xalos bölamiz va yana odatiy hayotimizga qaytamiz.
Soliy Yöldoşev, 36-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶