PROBATsIYa HISOBIDAGI MAHKUMNING JAZOSI SUD HUKMIGA KOʻRA YaNADA OGʻIRLAShTIRILDI
Sayyor sudlarda Probatsiya nazorati ostida turgan mahkumlarga doir ishlar koʻrilib, munosib deb topilganlari shartli ravishda ozod etilmoqda. Sud-huquq tizimidagi islohotlarning samarasi boʻlgan ushbu shartli ozodlik tufayli bugun koʻplab mahkumlar kechirilmoqda.
16-iyun kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudida ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi S.Davletmurodov, tuman prokurori yordamchisi S.Yormuhammedov hamda tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori mayor I.Jabbarberganovlar qatnashishdi.
Sud majlisida tumani ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan taqdimnomalar asosida 3 nafar mahkumga doir ish koʻrib chiqildi. Ulardan biri Oʻzbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan 3-yil muddatga ozodlikni cheklash, ikkinchisi Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b”, “g” bandlari bilan 2-yil muddatga 10 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan boʻlib, oʻz jazo muddatini oʻtash davrida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilib kelishdi. Shu sababli Probatsiya guruhi tomonidan munosib xulq-atvorda va mehnatga halol munosabatda boʻlgan ushbu mahkumlar ishi boʻyicha sudga taqdimnomalar berildi. Sud majlisida taqdimnomaga asosan 2 nafar mahkum oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Ammo ular orasida jazo oʻtashdan boʻyin tovlaydiganlar ham uchraydi. OʻzR JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 74-moddasiga asosan 2-yil 2 oy muddatga 20 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan probatsiya nazoratida turgan yana bir fuqaro axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan boʻyin tovlab keldi. Shu sababli sud majlisida ushbu fuqaroning oʻtalmagan 1-yil 9 oy 22 kun jazo muddati JKning 46-moddasi 4-qismiga asosan ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.
I.Jabborberganov,
tuman IIO Probatsiya guruhi
katta inspektori, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶